Nafl namozlar haqida
Men nafl namozlari haqida to‘liq ma’lumot olmoqchi edim. Ularni qaysi vaqtda o‘qilishi va necha rak’atgacha ekanligi haqida. Sizdan iltimos shular haqida ma’lumot bersangiz. Agar bu erda to‘liq yozishingizni imkoni bo‘lmasa, qaysi kitobingizdan shu haqida ma’lumot olsam bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Quyosh chiqqandan keyin ikki rak’at ishroq namozi o‘qiladi. Mu’oz ibn Anas Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bomdod namozini o‘qib bo‘lganidan keyin namoz o‘qigan joyida to choshgoh namozini o‘qigunicha o‘tirsa. Faqat yaxshilikdan boshqa(narsa)ni gapirmagan bo‘lsa, uning xatolari, agar dengiz ko‘pigidan ko‘p bo‘lsa ham, mag‘firat qilinur», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan. Termiziyning lafzida: «Kim bomdodni jamoat bilan o‘qisa, so‘ngra quyosh chiqquncha Allohni zikr qilib o‘tirsa, keyin ikki rak’at namoz o‘qisa, uning uchun haj va umraning ajridek bo‘lur. To‘liq, to‘liq, to‘liq», deyilgan. Ushbu rivoyatda vasf qilinayotgan namoz salotush-shuruq (ishroq namozi) ham deyiladi. «Shuruq» yoki «ishroq» so‘zi quyosh chiqishini bildiradi. Sahar chog‘i nihoyatda fazilatli chog‘ ekani haqida ko‘plab hadislar bor. Jumladan, ushbu hadisi sharifda ham bomdod namozi bilan quyosh chiqquncha bo‘lgan vaqtni Alloh taoloning zikri ila o‘tkazishga targ‘ib qilinmoqda, shu bilan birga, ishroq namozi o‘qishga ham qiziqtirilmoqda. Avval aytilganidek, ishroq namozi choshgohning eng avvalgi vaqtidagi namozdir. Hadisda bomdod namozini jamoat bilan o‘qishga targ‘ib borligi ham ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Ushbu hadisga amal qilishimiz juda ham zarur. Sahar chog‘i Alloh taoloning ibodati, zikri bilan mashg‘ul bo‘lish o‘ta fazilatli ishdir. – Choshgoh vaqti kirganda esa zuho – choshgoh namozi o‘qiladi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy alayhissallam: «Kim zuho (choshgoh) namozini muhofaza (bardavom) qilsa, uning gunohlari, garchi dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham, mag‘firat qilinadi», dedilar». Termiziy rivoyat qilgan. Bu hadisdan choshgoh namozi o‘qish juda ham savobli amal ekani ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Bu namoz ko‘plab ajru savob, xayr-baraka va fayzu futuhga sabab bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Bu namozning vaqti quyosh chiqib bo‘lgandan zavolgacha davom etib, eng afzal vaqti quyosh erni qizdirgan vaqtidir. Rivoyatlarda choshgoh namozi ikki rak’atdan sakkiz rak’atgacha bo‘lishi zikr qilinadi. Demak, holat va imkoniyatga qarab ushbu ikki raqam orasidagi adadda choshgoh namozini o‘qisa bo‘laveradi. Vaqti oz odam ikki rak’at o‘qisa ham, choshgoh namozi o‘qigan bo‘ladi. Imkoni keng odam ko‘proq o‘qisa, yana ham yaxshi. Eng muhimi, o‘qish kerak. – Asr namozidan keyin Naba’ surasi qiroat qilinadi. Bu suraning fazli haqida sahih hadis yo‘q. Ba’zi tafsirlarda keltirilgan rivoyatlarni muhaddislar rad qilganlar. Ehtimol, bu surani virdga kiritganlar mazkur rivoyatlarni e’tiborga olgan bo‘lsalar kerak deyiladi. Ammo suraning ma’nosi ham uni har kuni qiroat qilib turish yaxshiligiga dalolat qiladi. – Shom namozidan keyin ikki rak’at «Avvobin» namozi o‘qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida bu namoz aynan shunday nom ila zikr qilingan. Ibn Nasr Ibn Munkadirdan qilgan mursal rivoyatda: «Kim shom bilan xuftonning orasida namoz o‘qisa, albatta, o‘sha avvobiyn namozidir», deyilgan. Murid shom namozini o‘qiganidan keyin xuftongacha bo‘lgan vaqtni ibodat bilan o‘tkazishga harakat qiladi. Anas roziyallohu anhudan Alloh taoloning «Yonboshlari yotar joydan yiroq bo‘lur. Robblariga qo‘rquv va umidvorlik ila duo qilurlar va o‘zlariga rizq qilib bergan narsalarimizdan nafaqa qilurlar», degan (Sajda surasi, 16-oyat) qavli haqida «Ushbu oyat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shom va xufton orasida namoz o‘qiydigan sahobalari haqida nozil bo‘lgan», deganlari rivoyat qilingan. – Shom yoki xufton namozidan keyin Mulk – Taborak surasi qiroat qilinadi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohning kitobida bir sura bor. Uning oyatlari o‘ttizta. U o‘z sohibini to u mag‘firat qilingunicha shafoat qiladi. «Tabaarokallazii biyadihil Mulku», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan. Makkada nozil bo‘lgan boshqa suralar kabi, bu sura ham aqiyda mavzusining aslini muolaja qiladi. Mulk surasi uchta asosiy maqsadni o‘z ichiga olgan: 1. Allohning azamati, tiriltirish va o‘ldirishga qodirligi. 2. Tangrining yagonaligiga dalil va hujjatlar keltirish. 3. Qiyomatga va o‘lgandan so‘ng qayta tirilishga ishonmaydiganlarning oqibati nima bo‘lishi. Shuning uchun ham bu suraning fazli ulug‘ bo‘lgan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni maqtaganlar va uni qiroat qiladiganlarga ushbu hadisdagiga o‘xshab ko‘p narsalarni va’da qilganlar. O‘z sohibini to u mag‘firat qilingunicha shafoat qilgani uchun ham bu surai karima «Shafoatchi» deb ataladi. Shuning uchun ham bizning diyorlarimizda uni dafndan keyin qabr ustida o‘qish odatga aylangan. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam «Alif laam miym» va «Tabarokallazi biyadihil Mulku»ni qiroat qilmasdan uxlamas edilar». Termiziy rivoyat qilgan. Hozirgacha ko‘pchilik musulmonlar Mulk surasini o‘qimasdan uxlamaslik haqidagi hadisi sharifga og‘ishmay amal qilib keladilar. – Yotishdan oldin ham to‘rt rak’at namoz o‘qib yotiladi. Bu kechasi turib tahajjud va vitr o‘qiydiganlar uchun. Kechasi tura olmaydiganlarning oxirgi namozi vitr bo‘lishi kerak. Masruq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Oishadan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon vitr o‘qir edilar?» deb so‘radim. «Ul zot hammasini ham qilganlar: kechaning avvalida ham, o‘rtasida ham, oxirida ham vitr o‘qiganlar. Vafot etgan vaqtlarida u zotning vitrlari sahar yaqin qolgan paytda edi», dedi». Beshovlari rivoyat qilishgan. Vitrni o‘qib bo‘lganidan keyin uch marta «Subhanal malikul quddusi», deb aytadi. – Kechasi esa sunnatga muvofiq qilib tahajjud namozi ado etiladi. Tahajjud namozi. Bu namozning ozi ikki, ko‘pi sakkiz rak’atdir. Alloh taolo Isro surasida marhamat qiladi: «Kechaning ba’zisida u ila bedor bo‘l. Senga nofila bo‘lsin. Shoyadki, Robbing seni maqtovli maqomda tiriltirsa», – (79-oyat). Ushbu oyat ila tahajjud namoziga targ‘ib qilish Qur’onda kelgani eslatilmoqda. Kechasi bir uxlab turib o‘qiladigan namoz «tahajjud namozi» deb ataladi. Shuningdek, bu namozni «qiyom namozi» deb ham aytiladi. Avval boshda bu namoz vojib bo‘lgan edi. Bir yildan keyin vojibligi nasx qilingan. Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga kechaning qiyomi lozimdir. Chunki u sizlardan oldingi solihlarning odatidir. U Robbingizga qurbatdir. U yomonliklarga kafforotdir. U gunohlarni qaytaruvchidir», dedilar». Boshqa bir rivoyatda: «U jismdan dardni quvuvchidir», deyilgan. Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilishgan.
20 Aprel 2022, 19:44 | Savol-javoblar | 184 | Namoz