To‘yning ahamiyati

Assalomu alaykum! Men qishloqda yashayman. Turmush quradigan yoshdaman. Qishloqda kelin libosi kiyib, kelin kuyov sahnaga chiqib to‘y qilish urf. Men sahnaga chiqishni kelin libos kiyishni xohlamayman. 1)Kuyovlikka nomzodlar bilan uchrashganimda buni doim ta’kidlayapman. Men noto‘g‘ri qilmayapmanmi? Ya’ni oila qurishda oilani manfaatlarida bu arziydigan shart deb hisoblaysizlarmi? Yoki odobi, xulqi ma’qul kelsayu orzu havasimiz bor deb meni bu istagimga qarshi bo‘lishsa rozilik beraverishim kerakmi? 2). Baxtiyor oila kitobida "Qizlaringizni dinida va xulqida o‘zi rozi bo‘ladiganga nikohlang" mazmunidagi Hadisni o‘qigandim. Bu Hadisni asos qilib tanlayapman. Lekin bazan hech kim ham bilib tug‘ilmaydiku degan fikr ham keladi. Chunki xidoyat Allohdan. Ammo meni o‘ylashimcha, oilada erkak kishi taqvoli bo‘lishi kk. Chunki ayol kishi emas oilani erkak kishi boshqaradi deb hisoblayman. Men turmush o‘rtoq tanlashda nimalarga ahamiyat berishim kerak ko‘proq? Maslahat bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avratingizni berkitishni harakatida bo‘ling. Bir narsani tushuning, siz Allohdan kimni so‘rasangiz Alloh o‘shani beradi. Kichik, arzimas narsalarni so‘rab qo‘ymasangiz bo‘ldi. Birorta sifatini aytib bizga shunaqa er ham bo‘laveradi deb qo‘ymang. Balki hamma hamma tomoni mukammal kuyovni so‘rang. Allohning fazli cheksiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 16:27 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar