Hayoliy narsalarni hikoya qilingan hikoyalarni o‘qisa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum aziz Ustozlar! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Savolim biroz uzunroq. Agar ahmaqona bo‘lsa sizlarni vaqtlaringizni olganim uchun uzr so‘rab qolaman. Bir hikoya o‘qidim. Uning boshlanishiga hayoliy hikoya va Imomi G‘azzoliy r.a janoblaridan ilhomlanib yozilganligi aytilgan. Hikoyada shayton bilan farishtalarning bir odam ustida savol-javobi aks etgan. Unga Qur’oni Karim oyatlaridan iqtiboslar keltirilgan. Bu hikoyani tog‘ri niyatda yozilganini isbotlamoqda mening fikrimcha. Ya’ni solih amallarni bajarib turib ham bazi gunohlarni qilishdan qaytarmoqda, ochiqroq aytadigan bo‘lsam,namoz o‘qiydigan solih banda ko‘z zinosidan tiyilmasligi haqida va bu shaytonning xursandchiligiga sabab bo‘lishliligi haqida. Savolim Shunday asarlarni oldindan hayoliy deb boshqalarga ibrat uchun yozsa bo‘ladimi yoki ibrat olish uchun o‘qisa bo‘ladimi? Quyida hikoyani iqtiboslarsiz ya’ni oyat ma’nosi hikoyani ichida lekin qaysi suradan keltirilgani noma’lum holatda keltirdim. Bu uchun aybga buyurmaysizlar. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Shaytonning Kulgusi Rahimli va Mehribon Alloh nomi bilan boshlayman. Bu hikoya oddiygina tasavvur mahsulidir. Bu hikoyaga tamal toshi esa “Ihyo-yi ulumid-din” asarida qo’yilgan. Bu asar Imomi G‘azzoli janoblariga tegishli. Alloh oxiratlarini obod qilsin. Bu hikoyani o’qib mushtariylar oz bo’lsa-da o’zlarini taftish qilsalar, qalbim tubidagi asl maqsadimning bir qismiga etgan bo’lar edim. Hikoyani yozishdan ikkinchi maqsadim esa Payg‘ambarimiz Mustafo (s.a.v), ularning o’tib ketgan, yashayotgan va qiyomatgacha keladigan solih ummatlari qatorida bir gunohkor banda bo’lgan muallif haqqiga duodir. Xudo xohlasa, bu ikki ojizona niyatimga bu hikoyani o’qib turgan sof qalb egalari vositasida etgum. Albatta muallifning aql kuchi hali ojiz va bu kichik hikoya qusurlardan holi emas, bunday kamchiliklarga duch kelsangiz aybga buyurmaysiz degan umiddaman. Muborak juma kuni edi. Shaytoni La’inning kulgan ovozi bir mahallani egallab oldi. Albatta bu ovozni Alloh yaratgan Odam alayhissalom avlodlari eshitmaslar. Lekin bu badbaxt ovoz farishtalar tinchini buzdi. Ular bilardilar-ki, Shayton-u La’in fitna ustida. Ular darhol yig‘ildilar chunki Shayton-I alayhi la’na dushmani Odam avlodiga ko’mak zarur bo’lishi mumkin. Yaxshiyamki, Iblis alayhi la’na bir burchakda yolg‘iz o’zi xunuk va badbaxt ovozi bilan baralla kulmoqda edi. Farishtalardan biri Shayton-u La’indan so’radi: Yana qanday fitnani ustidasan, ey Shayton-u La’in, Allohdan Taolodan hayo qilmaysanmi? Senga Allohning la’nati bo’lsin. Ey Allohning Muqarrablari, Allohga qasam-ki, bu safar fitna qilmadim. Shunchaki kuzatdim. Allohning ana u bandasini ko’ryassizlarmi? Ko’ryapmiz, ey Shayton-u La’in. Shu ojiz banda mening kulgumga sabab bo’lmoqda. Ey Shayton-u La’in, Alloh istasa bu bandani mag‘firat aylaydi va jonim izmida bo’lgan Zotga qasamki, seni xor aylaydi. Endi so’yla nedir seni shodlantirgan? Uning ahmoqligi. Oldida mustahkam qal’a turibdi. Boshqa tarafdan esa unga bahaybat, tishlari uzun va so’loq bir vahshiy hayvon hamla qilish arafasida. Banda ham vahshiy hayvonning hamlaga shayligini ko’rib turibdi. Ammo u mustahkam qal’aga borib berkinmay yirtqichni kutub turganga o’xshaydi. Allohga qasam-ki, bunday bandalar qiyomatda mening avlodlarim qatoridan joy olishadi. Avvaliga Farishtalar jim bo’lib qolishdi. Chunki ularning fikri hayoli o’zlarining qiyomatdagi holatiga qayg‘urish va bu sabab Allohga tasbeh va taqvoda bo’lishdadir. Bunga qo’shimcha tarzda, Shaytonning sirli gaplari ulardagi tafakkur va Alloh azobidan qo’rqish olovini kuchaytirib yubordi. Birozdan so’ng hammalari birvarakayiga: Ey Shayton-u La’in, senga barcha odamzodning la’nati bo’lsin, nega sen bir ojiz banda ustida fitna qilmoqdasan? Axir eshitmayasanmi uning tilidan chiqayotgan kalomini? Bu payt banda Allohga tasbeh aytib yo’l chetida turgan edi. - “Allohim salomat ayla” shiq…, “Allohim Salomat ayla” shiq…, “Allohim salomat ayla” shiq…(bu erda shiq tasbeh ovozi) – deb zikr qilmoqda edi. Aynan ana shu holati menga huzur bag‘ishlamoqda. Chunki u vahshiy hayvonni biladi, undan keladigan azobni ham bilib turibdi, ammo qal’a tomon yurmay joyida turgan holatida qal’aning pishiq qurilishi, mustahkam ustunlari va to’rt tarafdan toshlar bilan o’ragan haybatli devori meni panohida asraydi deb takrorlamoqda. Ey Shayton-u La’in Alloh bergan ilm bilan Unga eng yaqin bo’lgan eding, kibring bilan tuban bo’lding. Senga barcha Maloikalarning la’nati bo’lsin. Ochiq so’yla, bu erda na bir qal’a va na bir yirtqich ko’rayotganimiz yo’q. To’g‘ri aytingiz ey Maloikalar, Alloh bergan ilm haqqi sizlarga rost so’ylayman. Biroz oldin juma namozi bo’ldi va unda imom bandalarga do’zah va undan qanday saqlanish haqida va’z o’qidi. To’g‘ri aytding, ey La’in. biz ham shu masjidda imom va’zinni qo’rquv va taqvo bilan tinglamoqda edik. Unda imom aytdiki, - Jahannam og‘zidan o’t sochuvchi, tishlari o’tkir va azobi kuchli vahshiy hayvonga o’xshaydi va undan saqlovchi mustahkam, haybatli, toshdan qurilgan qal’a esa Alloh azobidan qo’rqishlik va Allohga tasbeh aytishlikdir. To’g‘ri aytding ey Jahannam bandisi, albatta Alloh kechki payt va ertalab tog‘larni va to’planguchi qushlarni ham u bilan birga tasbeh aytadigan qilib qo’ygan. Ya’ni Alloh azobidan qo’rqib hatto tog‘lar va qushlar ham Unga tasbeh aytur. Bandasi nechun aytmasin? Siz uni faqat tasbeh aytayotganini ko’rursiz, ey Maloikalar. Allohga qasamki, qalbida Alloh azobidan zarracha ham qo’rquv yo’q. Ey Iblis, (Bu gapdan hatto farishtalar ham g‘azbga to’lgan edilar) senga Allohning qahri bo’lsin, Jahannam tubi ering bo’lsin, Lavh-ul Mahfuzning la’nati bo’lsin. Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o’rtasini egallab turur. Sen qanday jur’at bilan inson qalbidan so’z ocharsan? Faqat Alloh Taolo g‘ayb-u shahodatni (yashirin va oshkor) bilguvchi Zotdir. Rost aytasiz Ey Malaklar. Allohga qasam-ki, Alloh Odam avlodini juda qattiq yaxshi ko’radi. Shuning uchun ham Alloh ularga jon tomiridan ham yaqinroqdir. Shu sababli ham men Odam avlodini Allohga isyon qildirishda qiyinchilikka uchrayman. Faqatgina ularning dillariga vasvasa solaman. Alloh Taolo bu bandasini ma’lum muddat menga taqiqladi. Shuning uchun ham yaqin borib vasvasa qilolmayapman. Lekin baribir qalbida qo’rquv yo’q uning. Buni men birovning haqiga xiyonat qilayotganligidan bildim va shuning uchun ham maroqdaman. Bu so’zni eshitgan barcha Fatishtalar hayolidan bir fikr o’tdi: Agar bu banda o’zganing haqqiga xiyonat qilgan bo’lsa bu og‘ir gunoh va albatta uning nomai ammoliga yozilajak. Albatta, Iblis-i la’naning badgumon suhbatidan doim taqvo-zikr sohibi, to’g‘ri so’z farishtalar suhbati afzaldir. Borib nomai ammol yozuvchi farishtalardan so’raganlari ko’p jihatdan a’lo va mahbubdir. Farishtalar darhol ularga yuzlandilar: Allohning salomi bo’lsin sizlarga, ey azizlar. Iblis alyhi la’na bizga xosiyatsiz vasvasini soldi. Albatta, biz unga ishonguchi emasmiz, lekin u Allohni o’rtaga qo’yib qasam ichdi. Ul Mal’un Alloh nomi bilan qasam ichib yolg‘on so’zlashdan hayo qiladi va qo’rqadi. Bizga buning haqiqatini oshkor etingiz. Bul ojiz banda o’zganing haqiga xiyonat qildimi? Sizlarga ham Allohning salomi bo’lsin va Shayton-I mal’unga Allohning la’nati bo’lsin. Allohga qasamki, bizlarni va Iblisni yaratgan Zot buyukdir va Uning nomi bilan ichilgan qasam ham ulug‘dir. Iblis rost aytibdi, bu banda xiyonatda davom etmoqda, agar buni to’xtatmas ekan qiyomat kunida unga hatto shafoatchi ham topilmasa kerak deb qo’rqmoqdaman. Xiyonatkorga Allohning la’nati bo’lsin. Kim xiyonat qilsa qiyomat kunida qilgan xiyonati bilan birga kelur. Bizga bayon aylang bu qanday xiyonatdir? Alloh asrasin. Yo’l haqqiga bo’lgan xiyonat. Yo’l haqqlaridan biri esa salomga alik olishlik va nomahramdan ko’zini tiyishlikdir.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunaqa gaplarni to‘qimay qo‘yavering. O‘zi oyat va hadislarda kelganlarini topib qo‘ying. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:16 | Savol-javoblar | 170 | Adabiyot
|
Boshqa savol-javoblar