Grafik dizaynda odam chizish

Assalomu alaykum! Grafik dizayn yo‘nalishida ishlayotgan odam, odamlar va hayvonlarning suratini chizishi mumkinmi? Animatsiya, illustratsiyalarda hayvon va odamlarning yuz qismini chizish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jonli narsalarni chizish shar’an joiz emas. 
حَدَّثَنَا الْحُمَيْدِيُّ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، حَدَّثَنَا الْأَعْمَشُ، عَنْ مُسْلِمٍ قَالَ: كُنَّا مَعَ مَسْرُوقٍ فِي دَارِ يَسَارِ بْنِ نُمَيْرٍ، فَرَأَى فِي صُفَّتِهِ تَمَاثِيلَ فَقَالَ: سَمِعْتُ عَبْدَ اللهِ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَقُولُ: «إِنَّ أَشَدَّ النَّاسِ عَذَابًا عِنْدَ اللهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ الْمُصَوِّرُونَMuslimdan rivoyat qilinadi:
«Masruq bilan birga Yasor ibn Numayrning uyida edik. (Masruq Yasorning) Bostirmasidagi suratlarni ko‘rib, dedi: «Abdullohning shunday deganini eshitdim: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Qiyomat kuni Allohning huzurida eng qattiq azobda bo‘ladigan odamlar musavvirlardir», deyayotganlarini eshitganman».حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ الْمُنْذِرِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، حَدَّثَنَا أَنَسُ بْنُ عِيَاضٍ، عَنْ عُبَيْدِ اللهِ، عَنْ نَافِعٍ: أَنَّ عَبْدَ اللهِ بْنَ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَخْبَرَهُ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِنَّ الَّذِينَ يَصْنَعُونَ هَذِهِ الصُّوَرَ يُعَذَّبُونَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ يُقَالُ لَهُمْ أَحْيُوا مَا خَلَقْتُمْAbdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo xabar qiladi: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu haykallarni yasaydiganlar qiyomat kuni azoblanadilar. Ularga: «Yaratgan narsalaringizga jon kiriting!» deyiladi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

9 May 2022, 16:38 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar