Qadir kechasining kuni

Assalomu alaykum! Qadr kechasini oxirgi o‘n kunligidan izlash to‘g‘risida ko‘pgina xadislar kelgan. Shulardan Ibn Abu Osim Nabil Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu rivoyatida. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Men Qadr kechasini bildim. So‘ng u menga unuttirildi. U Ramazon oyining oxirgi o‘n kunidagi kechalardan biridadir. U kecha ochiq yarqiragan bo‘lib, issiq ham, sovuq ham emas, go‘yo oy borga o‘xshaydi. U kecha tong otgunigacha shaytonlar chiqmaydi, dedilar va boshka bir hadisda uni ramazonning 27-kunligi to‘g‘risida xam aytib o‘tilgan. Anik kuni aytilgan bo‘lsada nega qadr kechasini tok kunlardan izlang deyiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aniq aytilmaganda. Qolaversa namoz vaqti turli mamlakatlarda turlicha bo‘lganidek oy ko‘rinishi ham dunyo bo‘yicha bir kunda bo‘lmaydi. Yarmidi bir kun qolgan yarmida boshqa kuni ko‘rinadi. Bu xuddi qaysidir mamlakatda bamdod o‘qilayotgan vaqtda bizda xufton o‘qilganidek. Shuning uchun oxirgi o‘n kunlikni qadr deb bilish kerak. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 16:38 | Savol-javoblar | 144 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar