Tayamum haqida

Assalomu alaykum! Meni suyaklarimda va bo‘g‘imlamda kasallik borligi sababli asal ari chaqdirib davolanishni boshladim. Muolaja davrida asosan oyoq va qo‘llarm chaqdiriladi. Bunda chaqqan joylarga suv tekkizish mumkin emas ekan. Menga tayammum qilib namoz o‘qish joiz bo‘ladimi? Suv tekkizsa shishib ketar ekan, lekin atrofda sharoit bor issiq suv va sovuq suvlar bor. Yoki namozlarmni qazo qilib keyin o‘qib olganm afzalmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Diyonatli shifokorga murojaat qilish lozim. Siz uchun eng afzal muolaja uslubini qo‘llasin. O‘shandagina suv tekkazish zarar beradigan bo‘lsa namozlarni vaqtinchalik tayammum bilan o‘qishga ruxsat bo‘ladi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:04 | Savol-javoblar | 172 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar