Qassobchilik harommi
Assalomu alaykum! Qassobchilikni kasb qilish harom hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu gapni aytgan inson qattiq xato qilgan bo‘ladi. Birinchidan shariat ruxsat bergan ishni haromga chiqarish juda og‘ir. Qolaversa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari ham so‘yganlar, so‘yish qanday bo‘lishini ko‘rsatib berganlar. Doimo o‘shanday so‘yishga buyurganlar ham. Kimdir Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek ishni qiladiyu harom ish qilgan bo‘ladimi? Alloh taolo "Nahl" surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَقُولُواْ لِمَا تَصِفُ أَلْسِنَتُكُمُ الْكَذِبَ هَذَا حَلاَلٌ وَهَذَا حَرَامٌ لِّتَفْتَرُواْ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ لاَ يُفْلِحُونَ 116. Allohga nisbatan yolg‘on to‘qish uchun tillaringiz vasf qilgan yolg‘onni gapirib, «Bu halol, bu harom», – deyavermanglar. Albatta, Allohga nisbatan yolg‘on to‘quvchilar zafar topmaslar.
Inson bandadir. U ne’matni Roziq Allohdan oladi. Shuning uchun insonning halol yoki harom haqida hukm chiqarishga haqqi yo‘qdir. Kimki o‘zi haqsiz bo‘lgan narsaga aralashib:
«Bu halol, bu harom», – desa, Alloh taologa nisbatan yolg‘on to‘qigan bo‘ladi. Allohga nisbatan yolg‘on to‘qiganlarga esa: مَتَاعٌ قَلِيلٌ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ 117. Ozgina matohdir va ularga alamli azob bor.
Ya’ni Allohga nisbatan yolg‘on to‘qiganlarga bu dunyoda «ozgina matoh» bor. Ehtimol, o‘sha to‘qigan yolg‘onlari sababli ushbu besh kunlik dunyoning arzimagan foydasiga etisharlar. Ammo u dunyoda ular uchun «alamli azob bor»ligi muqarrardir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 17:11 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar