Sudho‘rlik (ribo) uchun yordam
Assalomu alaykum! Bizga doimiy tarzda Google Akkount (elektron pochta) ochib berishimizni so‘rashadi. Bazida uning yordamida Play Market (telefon ilova dasturlari do‘koni) orqali bankdan kredit olish uchun foydalanmoqchi ekanliklarini atishadi. Savol: Biz shu holatda mijozga Google assount ochishda yordam bersak olgan ish haqqimiz halol bo‘ladimi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohga yordam bergan bo‘lasizlar chunki bodring sotish harom emas, lekin bir kishi kelib aroq bilan gazak qilamiz desa unga sotish gunoh hisoblanadi. Buni Alloh Qur’onda zikr qilishi hazlakam gap emas. Alloh taolo "Moida" surasida marhamat qiladi: وَتَعَاوَنُواْ عَلَى الْبرِّ وَالتَّقْوَى وَلاَ تَعَاوَنُواْ عَلَى الإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَاتَّقُواْ اللّهَ إِنَّ اللّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ 2. Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkorlik qilmang. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh iqobi shiddatlidir.
Ushbu mo‘’jazgina jumla dunyodagi barcha hamkorliklar uchun asosiy qoida hisoblanadi. Islomdan avvalgi davrda hamkorlik qoidasi urug‘chilik, qabilachilik va boshqa shunga o‘xshash o‘lchovlar asosida bo‘lar edi. O‘ziga yaqin bo‘lgan shaxs, toifa, qabila, davlat yoki xalq nima qilsa, unga hamkor bo‘lish zarur edi. Jumladan, zulm va dushmanlik ishlarida ham.
Islomda esa hamkorlikning bosh sharti yaxshilik va taqvodir. Agar shu shart vujudga kelsa, hamma bilan hamkorlik qilinaveradi. Ammo qaerda gunoh va yomonlik bo‘lsa, kim bo‘lishidan qat’i nazar, hamkorlik qilinmaydi.
Bu ishlarning hammasi Alloh taologa bog‘liq. Mazkur ishlarni amalga oshirishda, albatta, taqvo shart. Shuning uchun ham
«Allohga taqvo qiling», – deb alohida ta’kidlanmoqda.
Inson Allohdan qo‘rqqanidagina Allohni rozi qiladigan hamkorliklarni amalga oshiradi. Inson Allohga taqvo qilgandagina undan yaxshilik kutish mumkin. Kimki yaxshilik qilsa, o‘zigadir. Yomonlik qilsa ham o‘zigadir. Allohdan qo‘rqmagan, Uning amrida yurmaganlar bilib qo‘ysinlarki:
«Albatta, Alloh iqobi shiddatlidir». ("Tafsiri Hilol" kitobidan).
Alloh so‘zi erda qoladigan Zot emas. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 17:11 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom