Kelinni erning qarindoshlariga munosabati

Assalomu alaykum! Savolni bir tanishim uchun so‘radim, aniqlik kiritib ber deb iltimos qildi. Og‘aynim o‘zi asli viloyatlik, lekin ish joyi tufaylik poytaxtda yashaydi. Bu juda kup uchraydigan xolat, oila poytaxtda yashasa albatta ularnikiga juda mexmon keldi-kettisi ko‘p bo‘ladi, asosan erni qarindoshlari kelishadi. Shunday xolat bo‘lganida, kelinni jaxli chiqib, erni oila a’zolariga kelgan mexmonlariga muomalasi qattiq ekan. Shu to‘g‘risida og‘aynim ayoliga bir ikki tushuntirish beribdi, ayoli tushunmay meni bo‘lganim shu deb oralarida ozgina janjal bo‘lib er “borib ota onezdan tarbiya olib o‘rganib keling” deb ayolini uyiga jo‘natvorgan(xaydamagan). Ayoli xam shunga arazlab ketib qolgan. Shunday xolatda er-xotin qanday yo‘l tutish to‘g‘ri bo‘ladi va kelinning vazifalari qanday bo‘ladi erning oila a’zolari oldida? Noto‘g‘ri savol burilgan bulsa uzr, oldindan javob uchun katta-kon rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Erning aka-ukalari ayolga mutloq begona hisoblanadi. Ulardan berkinishi shart. Har qancha mehmon bo‘lsa er o‘zi kutibyu, o‘zi kuzatsin. Ayol erni taom pishirishga yordam berishigina mumkin. Mehmonlar ersiz ayol bilan yolg‘iz qolishlari mumkin emas. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 02:30 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar