Ijarada nomahramlar yashash

Assalomu alaykum! Singlim bor. 2 ta farzandi bilan ko‘p qavatli uyda viloyat markazida yashaydi. Bittasi emizikli. Turmush o‘rtog‘ini jiyanlari, qarindoshlari (asosan o‘g‘il bolalar, talaba va ishlash uchun kelishgan) ijarada turmasdan singlimni uyiga borib yashashadi. Turmush o‘rtog‘i xaftada 3-4 kun uyda bo‘lmaydi. Savolim shuki singlim nima qilsin nomaxram bilan bitta uyda qolsinmi yoki boshqa yo‘l tutsinmi? Ularni o‘rniga singlim xijolatchilikda yashayapti. Buning hukmi qanday? Jiyanlariga qanday tushuntirsa bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda bunday holatda ochiq-oydin aytish kerak. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 17:11 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar