Qazo o‘rniga o‘tmaydimi?
Assalomu alaykum! Mani yoshim 21da. Alhamdulillah ibodatlarni boshladim, qazo namozlarni o‘qib ro‘zalarni tutyapman. Bugun bir hadisni o‘qib qo‘rqib qoldim hadisda Abu Hurayra raziyallohu anhu dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Ramazonning bir kunida Alloh izn bermagan ruxsatsiz (qasddan) ro‘za tutmagan odam hayoti davomida ro‘za tutsa-da, qazo o‘rniga o‘tmas» (Imom Abu Dovud, Imom ibn Mojja, imom Termiziy rivoyatlari). Endi mani tutganimi qazo ro‘zalarimi foydasi yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Undan murod ramazon ro‘zasining savobi shunday ko‘pki, uni qasddan bir kunini tark qilgan odam umrining oxirigacha ro‘za tutsa ham o‘sha kungichalik ya’ni o‘z vaqtida tutganichalik savobga ega bo‘lolmaydi. Lekin qazosini tutsa qazosi ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:49 | Savol-javoblar | 135 | Hadislar