Jinsiy quvvatni oshiruvchi maxsulotlarni reklamasi

Assalomu alaykum! Men telegramda kanalim bor. Menga jinsiy kuvvatni kuchaytiruvchi va jinsiy aloqa vaqtini uzaytirish bo‘yicha maxsulotlarni reklamasi kilib berishimni so‘rashyapti. Men jinsiy kuvvatni kuchaytirib jinsiy aloqa vaqtini uzaytirish deb shu maxsulotni reklama qilsam joizmi? Men shu maxsulotni reklama qilib yomon narsani targ‘ib qilib qolgan bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida tarkibi halol bo‘lsa, targ‘ib qilish mumkin. Lekin bunga muhtoj bo‘lgan taqvodor odamlar reklamasiz ham shifokorlarga uchrab u narsalarni topib olishadi. Boshqa maqsadlarga ishlatadiganlarga etib borishiga sabab bo‘lmaslik uchun reklamasidan saqlansangiz yaxshi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 18:06 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar