Namoz o‘qishni boshladim
Assalomu alaykum! Man 2 yildan buyon chet eldaman. Man namoz o‘qishni ko‘pdan buyon xavas qilaman. Yaqinda 4-5 oy oldin masdjidga borib namoz o‘qishni o‘rgandim, lekin chet elga chiqqanlarni namoz o‘qib yomon yo‘lga kirib ketayotganlarini ota-onam eshitishgan faqat ota-onam emas ko‘pchilik eshitgan. Shuning uchun man namoz o‘qishimni ota-onamdan yashiraman. Namoz o‘qishni boshlaganimdan so‘ng tilimda o‘z-o‘zidan Alhamdullah, InshaAlloh, Astahfirulloh degan so‘zlarni ishlatadigan bo‘lib qolganman. Uydagilarga tel qilganimda xam shu gaplarni gapirsam “gapirma, namoz o‘qima, soqol qo‘yma” deyishadi. Chunki mani yomon yo‘lga kirib ketishimdan qo‘rqishadi. Ular bu namozga qarshiliklari bilan gunoxkor bo‘lib qolmaydilarmi? Ular axir farzandlarini o‘ylamoqdalar to‘g‘rimi? Ota-onam gunoxkor sanalib qolmaydilarmi? Ming qilsa xam ota-onam ularga aql o‘rgatolmayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Gunohkor bo‘lib qolmasliklari uchun aytishingiz shart emas. Albatta chetga chiqqan kishilar tashi yaltiroq ichi qaltiroq so‘zlarga aldanib qolishlar bor. Shuning uchun ishonchli ustozlar bilan aloqada bo‘ling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:55 | Savol-javoblar | 143 | Namoz