Keksalar namozi
Assalomu alaykum! Yaqinda namoz o‘qishni boshladim. Oyim va xolamga xam o‘rgatdim. Lekin keksaliklari tufayli bomdoddan boshqa namozlarda sajda va rakatlar sonida adashib ketishayotgani uchun faqat bomdodni o‘qiyabdilar. Ularga biror engillik bormi boshqa namozlarni xam ado etishlari uchun? 2. Yaqinda shayx xazratlarining "quroni karim va o‘zbekcha ma’nolar tarjimasi" kitobini olib o‘qimokchi edim. Ba’zilar bu kitobni o‘qish uchun domlalardan ijoza olish kerak desa, bazilar masjid va maxalla axlini chaqirib maraka va marosimini o‘tkazish kerak deyishyabdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Albatta bor. Namoz o‘qiyotganida 4 rak’at farzini o‘zini o‘qisa adashishlari kamroq bo‘lsa sunnatni qo‘yib faqat farzni o‘zini o‘qisin. Yonida turgan odam namozini to‘g‘rilab turishi mumkin. aynan shu keksalarga tashqaridan to‘g‘rilab turilsa namozi buzilmaydi. 2). Kitob o‘qish uchun rasm rusm degan narsa yo‘q. Oling o‘qishni boshlang. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 18:06 | Savol-javoblar | 178 | Ibodatlar