Vertual zino
Assalomu alaykum! Ustozlar bir holat ayni jamiyatda ayniqsa yosh avlodda keng tarqalgan muammodir. Bu holat vertual zinodir. Savolim shuki: ikki yosh o‘zaro zino qildi. Ya’ni nikohsiz jinsiy aloqa qildi. Endi mana shu holat vertualda bo‘ldi. Misol uchun telegramda o‘zaro suhbat orqali. Ikki yosh smsda bir biriga zinoda bo‘ladigan ishni yozib uni miyyasida tasavvur qilib go‘yo xayolan bu ikkisi jinsiy aloqa qiladi. Va bu xayolida fantaziyasida o‘zini o‘zi sun’iy qondiradi. (Bu holatda bir birini ushlamedi, bir birini ko‘rmedi, bir birini tanimaydi). Bu savolni berishdan sabab xozirgi kunda telegram ilovasida yoshlar bir biri bilan sevishmoqda. Qarabsizki bu sevishish, ishq-muhabbat ma’lum vaqtdan keyin zerikarli bo‘lib qoladi. Keyin biri biriga ishqiy so‘zlarni aytib, uyat bo‘lsa ham aytaman. O‘pishib, qucholashib. Ayniqsa er-xotin bo‘lib olish avj olgan. G‘arb Romantikasi qanday yomon narsaki xuddi kino ro‘l o‘ynayatgandek bir biri bilan vertual dunyoda er-xotin bo‘lib farzandlik bo‘lib, shunaqa ko‘ngillari nima tusasa shuni qilishmoqda. Bu xozirgi avlod. Bu ishga tuppa tuzik qiz va bollar ham shunday bo‘lib ketmoqda. Ular nafsini tiyolmasdan shu vertual zinoni qilmoqda. Ha desa men ko‘rishmayabman men shu zino bo‘lishidagi talablarni majarmayabman. Men telegramdela yozishyabman demoqda. Xullas xozirgi eng yosh avlodni orasida vertual suhbat orqali zino keng avj oldi. Qisqa qilib savolimni takrorlasam. Ana shu vertual (bir birini ko‘rmay, ushlamay) suhbat orqali qilingan zino. Haqiqiy xayotdagi qilingan zinoning hukmi birmi? Bir xil zini va kabira gunoh qilgan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ular harom ish qilishayotgani aniq. عَنِ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه و سلم قَالَ: إِنَّ اللهَ كَتَبَ عَلَى ابْنِ آدَمَ حَظَّهُ مِنَ الزِّنَا أَدْرَكَ ذَلِكَ لَا مَحَالَةَ، فَزِنَا الْعَيْنَيْنِ النَّظَرُ، وَزِنَا اللِّسَانِ الْمَنْطِقُ. زَادَ فِي رِوَايَةٍ: وَزِنَا الْيَدَيْنِ الْبَطْشُ، وَزِنَا الرِّجْلَيْنِ الْمَشْيُ، وَزِنَا الْأُذُنِ الْاِسْتِمَاعُ، وَزِنَا الْفَمِ الْقُبَلُ، وَالنَّفْسُ تَمَنَّى وَتَشْتَهِي وَالْفَرْجُ يُصَدِّقُ ذَلِكَ وَيُكَذِّبُهُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالشَّيْخَانِ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh Odam bolasiga uning zinodan bo‘lgan nasibasini yozgandir. Uni olmasligi amri maholdir. Bas, ikki ko‘zning zinosi nazardir. Tilning zinosi nutqdir», dedilar».
Boshqa bir rivoyatda:
«Ikki qo‘lning zinosi ushlash, ikki oyoqning zinosi yurib borish, quloqning zinosi eshitish, og‘izning zinosi o‘pishdir. Nafs uni orzu va ishtaha qilur. Farj esa uni tasdiqlar yoki yolg‘onga chiqarur», ziyoda qilingan.
Abu Dovud va Ikki shayx rivoyat qilganlar. Alloh oliy va bilguvchiroqdir.
Sharh: Zino «Begona ayolga yaqinlik qilish» deb ta’riflanadi. Bu gunohi kabiralardan bo‘lib, u nikohda bo‘lgan kishidan sodir bo‘lib, isbotlansa, shariat hukmi bo‘yicha, u toshbo‘ron qilib, o‘ldiriladi. Agar zino nikohda bo‘lmagan odamdan sodir bo‘lsa, yuz darra urish bilan jazolanadi. Ammo shunday qattiq jazoga sabab bo‘ladigan og‘ir jinoyat to‘satdan, o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Uning o‘ziga xos muqaddimalari bor. Avval ko‘riladi – shahvat nazari tushadi, shu ma’noda gapiriladi, ikkinchi tomonning gapi eshitiladi, zino joyiga yurib boriladi, qo‘l bilan nomahram odamning a’zolari ushlanadi va oxiri zino sodir bo‘ladi. Ana shu muqaddima hisoblangan narsalar ham zino hisoblanadi. Nomahramga shahvat bilan nazar solgan kishi ko‘z zinosi qilgan bo‘ladi. Nomahramga shahvoniy gaplar aytgan odam esa til zinosi qilgan bo‘ladi. Nomahram odamning shahvoniy gaplarini eshitgan kishi quloq zinosi qilgan bo‘ladi. Nomahramning ortidan shahvoniy maqsadda yurgan kishi oyoq zinosini qilgan bo‘ladi. Nomahramning badanini ushlagan odam esa qo‘l zinosini qilgan bo‘ladi. Ushbu zinolarning har biriga gunoh yoziladi. Albatta, qilingan ishning xatariga, miqdoriga qarab, gunohning oz yoki ko‘pligi aniqlanadi. Ushbu majoziy ma’nodagi zinolarning qozilikka etib borganlariga ta’zir jazosi ham beriladi. Islom jamiyati tom ma’nodagi pok jamiyatdir. Hamma tomon, hamma narsa pok bo‘lishi kerak. Unda zino harom. Shuningdek, zinoga sabab bo‘ladigan narsalar ham haromdir. Bir narsaga sabab bo‘ladigan narsalarni harom qilmay turib, uning o‘zini harom qilish mantiqqa ham to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun zino harom bo‘lishi bilan birga, unga sabab bo‘ladigan hamma narsalar ham harom qilingan. Bu ishlar qatoriga ushbu hadisi sharifda zikr etilgan shahvoniy qarash, gap-so‘z, tinglash, yurib borish va ushlash ham, bu hadisda zikr qilinmagan, keyinchalik paydo bo‘lgan turli fohisha suratlar, filmlar, yozuvlar, kitoblar va boshqa narsalar ham kiradi. Islom jamiyatida unday narsalarga o‘rin yo‘q. Hech bir musulmon bunday narsalarga yaqin yo‘lamasligi kerak.("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 19:23 | Savol-javoblar | 214 | Dolzarb savollar