Yurtimizdagi kolbasalar

Assalomu alaykum! Musulmon odam egani, kiygani halol ekanligiga alohida e’tibor berish kerak ekan. Yurtimizda sotilayotgan kolbasa, sosiska, go‘sht mahsulotlari halol ekanligini qaerdan bilsak bo‘ladi? Sotuvchilardan so‘rasam aldasachi yoki bilmasachi? Men ko‘p noqulay vaziyatlarda qolyapman. Masalan, mehmonda, yaqinlarimnikida oldimga qo‘yilgan taomda kolbasa bo‘lsa uni halol ekanligini bilmasdan emaganim maqulligini aytsam, cho‘chqa go‘shti qimmat va uni kolbasalarga qo‘shmasligini aytishadi. Lekin, hamma mahsulotlar bitta stanokdan o‘tsa cho‘chqa go‘shti aralashib qolgan bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Gumon bo‘lsa, eyishdan saqlanish kerak. Cho‘chqa go‘shti ular aytganchalik darajada qimmat emas.  Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 86 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar