Salonda faqat tirnoq bo‘yash

Assalomu alaykum! Men Xitoy davlatida taxsil olaman, AlhamdirAllah nomozlarni qoldirmasdan o‘qiyman va Payg‘ambarimiz sunnatlariga amal qilishga xarakat qilaman. Qo‘ldan kelguncha insonlarni dinga davat qilaman AlhamdirAllah, sizga beradigan savolim shuki: bu erda bir tanishim Salonga borib tirnoq bo‘yashni o‘rganmoqchi, kereksiz ish vaqti bekor o‘tqazma undan ko‘ra foydaliroq ilm o‘qigin deb nasihat qildim, lekin quloq solmadi. AlhamdirAllah u ham 5 mahal nomoz o‘qiydi, Albatta ahli ilimlarni aytganlarini eshitdim ular xarom amal emas deyishgan yani tahoratga zarar qilmasa suv utqazadigan xolatlarda, lekin vaqtni behuda o‘tqazish behuda sarflash bu yaxshi ish emas, Bundan malumki agar o‘qishni boshlasa nomozini qazo qilishga to‘g‘ri keladi, Meni xavotiga soladigan xolat bu.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tirnoq bo‘yash shariatimizda joiz emas. Hatto fosiqanikini ham bo‘yash joiz emas. Chunki lak g‘usl va tahoratga zarar etkazishi 100% aniq. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 19:34 | Savol-javoblar | 188 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar