Uch taloqni nikoh qilsa bo‘ladi deyishyapti

Assalomu alaykum! Agar er xotiniga telefonda "sen taloqsan, sen uch taloqsan" desa nechta taloq tushgan bo‘ladi. Ularni qayta nikohlasa bo‘ladimi? Fatvoda “o‘qisa bo‘ladi” deyishyapti
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Uch taloq tushadi. Nikoh o‘qisa bo‘lmaydi. Bu kabi holatda nima qilish kerakligi haqida quyida "Baxtiyor oila" kitobidan iqtibos qilamiz. Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er‑xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:53 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar