Bomdod nomozini boshlagan edim

Assalomu alaykum! Xo‘jaynim safarda, shu kishini sog‘ salomat kelishini xudoyimdan so‘ray deb bir maxal bomdod nomozini boshlagan edim. Bolalarim juda kichkina bo‘lgani uchun 5 vaqt o‘qishga ilojim yo‘q. Eshitishimcha boshlasa birdan xammasini boshlash kerak ekan, xech birini qazo qilmaslik kerak ekan, azobi qattiq bular emish. Sal bolalarim kattaroq bo‘lgach xammasini boshlash niyatim bor. Narigi dunyoda azoblanishi qattiq bo‘ladi deganga ichimga o‘t tushdi, biror maslaxat beringizlar, bir maxal bomdod o‘qisam bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, o‘sha aytganlar to‘g‘ri aytishibdi. Bir vaqtini o‘qishga ham qodir bo‘laturib o‘qimaslikni azobi qattiq. Qolganini o‘qimasang buni ham o‘qima deyish esa shayton bilan kofirni gapi. Chunki inson bir vaqt namozni boshlasa qolganini ham o‘qimasa turolmaydigan bir lazzatni topib oladi. Shayton va shaytonsifatlar esa buni bilgani uchun bittadan ham mahrum qilgisi kelib turadi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 19:56 | Savol-javoblar | 181 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar