Er moliga javobgarlik

Assalomu alaykum! Bilishimcha har birimiz topgan mol dunyoimiz har bir chaqamizni javobini beramiz, qanchalik dunyoyimiz ko‘p bo‘lsa sirot ko‘prigidagi jannatga kirish yo‘li shunchalik uzun, asrlab bo‘lar ekan. Erim to‘plagan mol dunyo uchun men ham teng javobgar bo‘lamanmi yoki erim tomonida menga qilingan harajatlar, eganlarimiz, kiyim kechak, tilla buyumlar, foylanayotgan uyim, mashina hadiyalari uchun javobgarmanmi? Shu manzilimni qisqartirish uchun men qanday yo‘l tutishim kerak? 2). Yon qo‘shnimni ko‘chada tut darxti bor. Har safar terib esam rozilik so‘rab qo‘yaman, ular bemalol behijolat olib eyishimiz mumkinligini aytishgan. Men shunda ham har safar avval rozilik so‘rab keyin eyishim kerakmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ulamolarimiz yashash tarzini to‘rtga bo‘lganlar.
1). Rahoyish – kun kechirsa bo‘ladigan uyli, joyli kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan kifoyalanish, joiz.
2). Osoyish – imkoniyati bo‘lsa yuqorida zikr qilinganlarning har biridagi qulayliklardan foydalanish, joiz.
3). Zeboyish – yuqorida zikr qilinganlarni ko‘rganda ko‘z quvonadigan darajada bo‘lishi, joiz.
4). Namoyish – barchasida faxrni iroda qilish, joiz emas.
Qolaversa, insonga umr va boylik oxiratga zodirohilani ko‘paytirish uchun beriladi. Ularni arzimas, vaqtincha bo‘lib, keyin yo‘q bo‘ladigan narsalarga sarflash aqlli insonning ishi emas. عن أبي هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ أن النبي صلى الله عليه و سلم أمر عائشة أن تذبح شاة فقسمتها بين الجيران وكان أحب الشاة إلى رسول الله [ ص 121 ] صلى الله عليه و سلم الذراع فلما جاء رسول الله صلى الله عليه و سلم قالت عائشة ما بقي عندنا شيء إلا هذا الذراع فقال رسول الله صلى الله عليه و سلم كلها بقي إلا الذراع  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam Oishaga bir qo‘y so‘yishga buyurdilar. Oisha (uni so‘ydirib) qo‘shnilarga taqsimlab berdi. Qo‘ydan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng suyukli joiyi qo‘li bo‘lar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelganlarida Oisha : “Xuzurimizda qo‘yning shu qo‘lidan boshqa hech narsa qolmadi” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Qo‘lidan boshqa hammasi(savobi zaxira bo‘lib) qolibdi” dedilar".  
2). Tut borasida bir marta olgan roziligingiz etadi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 19:56 | Savol-javoblar | 151 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar