Qurbonlikni ayoliga niyat qilish
Assalomu alaykum! Bir amakimiz qurbonlikka atab kichikligidan qo‘chqor boqqanlar. Qo‘chqor xotinlarini tug‘ilgan kuni “Shuni qurbon hayitida sani nomingdan so‘yaman” deb xotiniga aytib niyat qilib qo‘ygan ekanlar. Mana shu qurbonlik kuni xotinlari nomidan so‘yibdilar. Xotinlari nisob egasi emas, qurbonliklarini xotini nomiga qilganliklari uchun amakim yana o‘zlari nomlaridan jonliq so‘yishlari kerakmi? Amakim nisob egasi hisoblanadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Amakingiz o‘rtacha bir qo‘yning pulini faqir-miskinlarga sadaqa qilishi vojib. Agar qilmasa qurbonlikni tark qilgani uchun qattiq gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 11:06 | Savol-javoblar | 152 | Ibodatlar