Tug‘ilgan bolaga azon aytish

Assalomu alaykum! Ota farzandli bo‘lganida agar o‘zi aytishni bilsa bolasiga azon va takbirni o‘zi aytsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Ota-ona bu kabi ishlarni g‘animat bilishlari kerak. Ulamolarimiz “Ota-ona namozni, xususan “Fotiha” surasini o‘zlari o‘rgatishga harakat qilishlari kerak. Chunki bu insonning umrini oxirigacha har kun yuz bor takrorlanadigan ish. Savobi ham uzluksiz yozilib turadigan sadaqi joriya ishlardandir. Buni g‘animat bilib o‘zgalarga topshirmay o‘zlari qilishlari kerak” deganlar. Albatta agar ota-ona o‘zi bilmasa boshqa topshirishi kerak. Shunda ta’lim berdirganning savobidan bahraman bo‘ladi. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 05:05 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar