Uzun sochlar sunnatmi

Assalomu aleykom! Menga bir qarindoshim bir hadis tashladi. Unda aytilishicha "Uzun sochlar - sunnat. Imom Ibn Hani o‘zining ’’Masail Ahmad" kitobida shunday deydi: Imom Ahmaddan: "Sochlarini o‘stiradigan odam haqida so‘rashdi ?" U javob berdi:" Bu go‘zal sunnat". Keyin u:"Agar biz ularni o‘stira olsak, biz ham shunday qilar edik. Masail ibn Hani" Mana shu hadis sahihmi. Men sochimni uzun o‘stirib yuraman ammo uydagilarim bunga biroz qarshilik qilishadi. Dinimiz soch o‘stirish haqida nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Soch qo‘yish bor, ammo uni ham ehtiromini joyiga qo‘yish kerak. Sochni uzaytirib, paxmaytirib “Bu sunnat” deyish o‘zgalarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnnatlarini badbashara qilib ko‘rsatish bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:00 | Savol-javoblar | 199 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar