O‘zim namoz o‘qimayman, lekin boshqalarga nasihat qilaman
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar maslahatga muhtojman. Yoshim 24da, talabaman. Men juda xam kiynalyabman gunoxlarim juda ko‘p, o‘ylab qo‘rqib ketyabman. O‘tgan umrim davomida xali tuzukroq (balki umuman) tavba qilmaganman. Oilamizda xechkim namoz o‘qimaydi. Yoshligimdan hech kim namoz o‘qi deb majburlamagan ham. Endi bolsa namozni boshlay olmayabman. Qanday qilib boshlashni xam bilmayman. Iltimos maslaxat bering.
2. O‘zim namoz o‘qimayman lekin bazi benamoz tanishlarim va jiyanlarimga namoz o‘qi deb va namoz o‘qimaganlar axvoli xaqida gapiraman. O‘zimdan yosh bazi jiyanlarim meni da’vatim bilan namozni boshlashdi. Lekin do‘stlarim o‘zing hali namoz o‘qimay da’vat qilishing yaxshimas deyishadi. Ular haqmi?
3. Xozirda qardoshlarim, do‘stlarim, kursdoshlarim orasida qizlar bilan gaplashmaydiganlari juda kam (sevgi, muxabbat ma’nosida) bazilari pinxona ko‘rishuvlar xaqida maqtanib gapirishadi, suratlarni ko‘rsatishadi (bexayolari xam talaygina) afsuski ularga gapib charchayman. Tushuntirish uchun nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shu bugundan namozni boshlang va qoldirganlarini ham o‘qishni boshlang.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: كُلُّ أُمَّتِي يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ إِلَّا مَنْ أَبَى قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ وَمَنْ يَأْبَى؟ قَالَ: مَنْ أَطَاعَنِي دَخَلَ الْجَنَّةَ وَمَنْ عَصَانِي فَقَدْ أَبَى. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Ummatimning barchasi jannatga kirar, lekin bosh tortganlargina kirmas», dedilar.«Ey Allohning Rasuli, kim bosh tortadi?» deyishdi.«Kim menga itoat qilsa, jannatga kiradi, kim menga osiy bo‘lsa, bosh tortgan bo‘ladi», dedilar». Buxoriy rivoyat qilgan.Sharh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam musulmon odamning jannatga kirishi uning u zotga itoat qilishiga bog‘liq ekanligini ta’kidlamoqdalar. «Ummatimning barchasi jannatga kirar, bosh tortganlarigina kirmas». Ya’ni «Ummatimning kirishdan bosh tortganlaridan boshqa hammasi, albatta, jannatga kiradi», demoqdalar. Bundan ajablangan sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, kim bosh tortadi? Jannatga kirishdan bosh tortgan odam ham bo‘ladimi», deyishdi. Bu savolga javoban, u zot sollallohu alayhi vasallam:«Kim menga itoat qilsa, jannatga kiradi, kim menga osiy bo‘lsa, bosh tortgan bo‘ladi», dedilar. Ya’ni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga itoatdan bosh tortish jannatga kirishdan bosh tortishga barobardir. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga itoat qilish u zotning Sunnatlarini mahkam tutish bilan bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Sunnatlariga amal qilmagan odam esa u zotga osiy bo‘ladi. Demak, xulosa aniq: Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Sunnatlariga itoat qilgan kishi jannatni topadi! Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Sunnatlariga osiylik qilgan kishi do‘zaxni topadi!وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: سَبْعَةٌ يُظِلُّهُمُ اللهُ فِي ظِلِّهِ يَوْمَ لَا ظِلَّ إِلَّا ظِلُّهُ: الْإِمَامُ الْعَادِلُ، وَشَابٌّ نَشَأَ فِي عِبَادَةِ رَبِّهِ، وَرَجُلٌ قَلْبُهُ مُعَلَّقٌ فِي الْمَسَاجِدِ، وَرَجُلَانِ تَحَابَّا فِي اللهِ اجْتَمَعَا عَلَيْهِ وَتَفَرَّقَا عَلَيْهِ، وَرَجُلٌ طَلَبَتْهُ امْرَأَةٌ ذَاتُ مَنْصِبٍ وَجَمَالٍ فَقَالَ إِنِّي أَخَافُ اللهَ، وَرَجُلٌ تَصَدَّقَ فَأَخْفَى حَتَّى لَا تَعْلَمَ شِمَالُهُ مَا تُنْفِقُ يَمِينُهُ، وَرَجُلٌ ذَكَرَ اللهَ خَالِيًا فَفَاضَتْ عَيْنَاهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا أبَا دَاوُدَYana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo etti kishini O‘z soyasidan boshqa soya yo‘q Kunda soyasiga olur: odil imom, o‘z Robbisi ibodatida o‘sgan yosh, qalbi masjidlarga bog‘liq kishi, Alloh yo‘lida bir-birini yaxshi ko‘rib, Alloh uchun jam bo‘lib, Alloh uchun ajrashadigan ikki kishi, mansab va husn-jamol egasi bo‘lgan ayol o‘ziga chaqirganda «Men Allohdan qo‘rqaman» degan odam, sadaqani maxfiy qilib, hatto o‘ng qo‘li qilgan sadaqani chap qo‘li bilmay qolgan odam va xoli qolib, Allohni eslaganda ko‘zidan yosh oqqan odam», dedilar». Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.Sharh: Allohning soyasidan o‘zga soya yo‘q Kun – Qiyomat kunidir. Qiyomat kunida issiq shiddatli bo‘lib, hamma o‘zi uchun soya izlab qoladi. O‘shanda Allohning soyasidan o‘zga soya bo‘lmaydi. Allohning soyasiga esa hamma ham o‘zini ololmaydi. U Zot O‘zi xohlagan bandalarinigina O‘z soyasiga olur. Ushbu hadisda ana shu dahshatli Qiyomat kunida Alloh O‘z soyasiga oladiganlardan etti toifaning zikri kelmoqda: 1. «Odil imom». Namozda imom bo‘ladigan kishi imom deb atalishi hammaga ma’lum. Islomiy istilohda namozning imomligi «kichik imomlik» deyiladi. Islom davlati boshlig‘i esa «katta imomlik» hisoblanadi. O‘z navbatida Islom dinida imomning ham, hokimning ham adolatli bo‘lishi talab qilinadi. Ayniqsa hukmdorlar har bir ishda adolatli bo‘lishga targ‘ib etiladilar. Ushbu hadis ham ana shu targ‘iblardan bir namunadir. Unda adolat bilan hukm yuritgan musulmon hukmdor Qiyomat kuni, Allohning soyasidan boshqa soya bo‘lmagan paytda Alloh O‘z soyasiga oladigan baxtiyor kishilardan bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Bu davlat boshlig‘idan tashqari, har bir musulmon jamoaga boshliq bo‘lgan shaxsga ham tegishlidir. Kishilar hayotida rahbarning tutgan o‘rni muhim ekanligi uchun ham odil imom etti toifa ichida birinchi bo‘lib zikr qilinmoqda. Hukmdor odil bo‘lsa, tabiiyki, jamiyatda zolimlar, jinoyatchilar, yomonlarga o‘rin qolmaydi. Imomi odil bo‘lgan jamiyatda tinchlik, omonlik, yaxshilik hukm suradi. 2. «O‘z Robbisi ibodatida o‘sgan yosh». Insonning yoshligida qilgan toat-ibodati alohida tahsinga sazovordir. Qarib, hech narsaga yaramay qolganida noiloj o‘zini ibodatga urish bir boshqa, yoshlik g‘ururini engib, turli orzu-havas va shahvatlarni, havoyi nafsni engib, toat-ibodatni mukammal qilish bir boshqa! Haqiqiy qahramonlik aslida mana shudir. Asl taqvodor, asl parhezkor kishi yoshlikdan halol va toat-ibodat ila o‘sgan odamdir. Yoshligida qilganini qilib olib, qariganda so‘fi bo‘lib olganlarning taqvosi yamoq tushgan choponga o‘xshaydi. Shuning uchun ham Islomda yoshlikdan toat-ibodat bilan ulg‘ayishga katta ahamiyat beriladi, bolalarni balog‘atga etmay turib, ibodatga o‘rgatishga targ‘ib qilinadi. Ushbu hadisi sharifda yoshligidan Allohning ibodati ila voyaga etgan kishilarga qiyomat kuni Allohning soyasidan joy va’da qilinishi ham bejiz emas. Demak, Qiyomat kuni – Allohning soyasidan boshqa soya yo‘q kuni Alloh taoloning soyasidan joy olishni xohlaganlar yoshlik chog‘laridanoq Allohning ibodatini kanda qilmay borsinlar. Ota-onalar farzandlariga yaxshilikni ravo ko‘rsalar, ularni yoshlikdan Allohning ibodatida o‘stirsinlar. 3. «Qalbi masjidga bog‘liq kishi». Ushbu hadisi sharifning mana shu bobda keltirilishining asl sababi ham unda ushbu jumlaning borligidir. Unda insonlarning qalbi masjidlarga bog‘liq bo‘lishi qanchalar fazilatli ekanligi bayon qilinmoqda. Ya’ni ko‘ngilning masjidlarga bog‘liq bo‘lishi aslida unda masjidlarga bo‘lgan muhabbatning kuchliligidandir. Bunday odam hech qachon masjiddan qolmaydi, hayotini, ibodatini masjidlarsiz tasavvur qila olmaydi. Bir marta masjidga borib, namozini o‘qib chiqqanidan keyin yanagi namozga intizor bo‘lib turadi. Bunday odam katta sharafga ega bo‘ladi. Qiyomat kuni – Allohning soyasidan boshqa soya qolmagan Kunda Alloh taoloning soyasidan panoh topish baxtiga muyassar bo‘ladi! Ana shunday baxtga erishish uchun qalb masjidlarga bog‘lansa, bas! Doimo jamoat namozlariga qatnab turilsa, bas! Ushbu hadisi sharifga binoan, Alloh taolo unday kishini Qiyomat kuni albatta O‘z soyasiga oladi. 4. «Alloh yo‘lida bir-biriga muhabbat qo‘yib, Alloh uchun jam bo‘lib, Alloh uchun ajrashadigan ikki kishi». Dunyoda kishilar turli narsalar, maqsadlar yuzasidan o‘zaro muhabbat, do‘stlik-birodarlik rishtalarini bog‘laydilar. Kimlardir shaxsiy manfaat yuzasidan, kimlardir ish, hizb, mol-dunyo yuzasidan do‘stlashadilar. Ammo Islomda haqiqiy birodarlik, o‘zaro muhabbat Alloh uchun bo‘ladi. Musulmon kishi o‘z birodariga Alloh uchun muhabbat qo‘yadi. Alloh roziligini istab, unga ko‘mak beradi, yaxshilik sog‘inadi, birodar tutinadi. Musulmon kishi o‘z birodarini Alloh uchun sevadi, Alloh uchun hurmat qiladi, Alloh uchun qadrlaydi. U bilan bo‘ladigan har bir ish Alloh uchun bo‘ladi. U o‘z birodari bilan Alloh uchun jam bo‘lib, Alloh uchun ajrashadi. Agar ikki musulmon ana shu holatda bir-biriga muhabbat qilsa, bu muhabbatlari ularni oxiratda ulkan baxtga erishtiradi. Qiyomat kuni ularning har ikkisi ham Alloh taolo soyasida panoh topishga muyassar bo‘ladilar. Shuning uchun ham biz, musulmonlar o‘zaro Alloh uchun muhabbat qilishga odatlanishimiz, bir-birimiz bilan Alloh uchun jam bo‘lib, Alloh uchun ajrashishimiz lozim. 5. «Mansab va husn-jamol egasi bo‘lgan ayol o‘ziga chaqirganida «Men Allohdan qo‘rqaman», degan odam». Alloh taolodan qo‘rqib, o‘z shahvatidan kechish ulkan fazilatdir. Gunoh ishdan qo‘rqib, o‘zini chetga olish, oxirat azobidan cho‘chib, o‘zining oniy lazzatidan kechish katta jasorat. Alloh taolo bunday bandani munosib taqdirlaydi. Mansab va husn-jamol egasi bo‘lgan ayol o‘zi chaqirib turganida, faqat Alloh taolodan qo‘rqib, uni rad etish ulkan qahramonlikdir. Alloh taolo avvalo mazkur qahramonlikni qilgan odamni qiyomat kuni O‘z soyasiga oladi. Qolaversa, O‘zi uchun kechilgan oniy lazzatni jannatdagi abadiy halol lazzat bilan almashtiradi. Biz, musulmonlar bunday mardlikka hamisha tayyor turishimiz, yoshlarimizni ham shu ruhda tarbiyalashimiz lozim. 6. «Sadaqani maxfiy qilib, hatto o‘ng qo‘li qilgan sadaqani chap qo‘li bilmay qolgan odam». Islomda xayr-sadaqa qilishga, shu yo‘l bilan beva-bechora, etim-esirlarga iqtisodiy yordam berishga qattiq targ‘ib qilinadi. Shu bilan birga, sadaqaning maxfiy bo‘lishi marg‘ub sanaladi. Ana o‘shanda sadaqa riyodan xoli bo‘ladi. Eng muhimi, sadaqani olayotgan kishi xijolat bo‘lmaydi, sadaqa Alloh taoloning roziligi uchungina bo‘ladi. Hadisi sharifda bu ma’no ajoyib uslubda bayon qilinmoqda – sadaqani maxfiy qilgan kishi «o‘ng qo‘li qilgan sadaqani chap qo‘li bilmay qolgan odam» deb vasf qilinmoqda. Bu esa sadaqa qanchalik maxfiy bo‘lsa, shunchalik yaxshi ekanligiga dalolatdir. Avvalgi paytlarda musulmonlar shunday qilganlar. Miskinlar, kambag‘allar, beva-bechoralar o‘zlariga qilingan xayr-sadaqadan xursand bo‘lib, Allohga shukr aytganlar, «Alloh sadaqa berganlarning ajrini bersin», deb duo qilganlar. Chunki sadaqa qilgan odam kimligini bila olmas edilar. Biz ham shunday bo‘lishga harakat qilishimiz lozim. Xayr-sadaqa Allohning roziligi uchun bo‘lganidan keyin, u har qancha maxfiy qilinsa ham Alloh bilib olaveradi. Ushbu hadisi sharifdan ma’lum bo‘ladiki, Alloh taolo sadaqaning maxfiysini yaxshi ko‘radi. Maxfiy sadaqaning mukofoti ham ulkan bo‘ladi – Qiyomat kuni Alloh taoloning soyasidan panoh topiladi. Ana shu baxtga muyassar bo‘lishni istagan kishi sadaqani o‘ta maxfiy qilishga intilsin. Bu maxfiylik o‘ng qo‘li qilgan sadaqani chap qo‘li bilmay qoladigan darajada bo‘lsa, yana ham yaxshi. 7. «Allohni xoli qolib eslaganida ko‘zidan yosh oqqan odam». Bu erda taqvodorlik riyokorlikdan xoli bo‘lishi haqida so‘z bormoqda. Kishilarning ko‘ziga taqvodor bo‘lib ko‘rinish juda ham oson. Ko‘pchilik oldida Allohni eslab, ko‘zidan duv-duv yosh to‘kadiganlar oz emas. Lekin haqiqiy taqvodor yolg‘iz o‘zi qolganda Allohdan qo‘rqib, ko‘zidan yosh to‘kadigan odamdir. Ana shunday darajaga etgan odamgina haqiqiy taqvodor hisoblanadi. Ana shunday darajaga etgan odamgina Qiyomat kuni Alloh taoloning soyasidan panoh topish baxtiga muyassar bo‘ladi. Alloh taolo bizlarni ham o‘shanday bandalar qatorida qilsin va hadisi sharifda zikr etilgan sifatlarga sohib bo‘lishimizni nasib aylasin. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 05:05 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar