Alloh haqida
Assalomu alaykum! Men qidirish xizmatidan bu savolga javob topa olmadim, Meni ancha yillardan beri o‘ylantirib kelayotgan, shu savolga javob topa olmasdan qalbim notinch. Alloh barchamizni yaratgan, U yaratuvchi ekaniga ishonaman, lekin u qanday yaralgan? Men Qur’onni o‘qidim, unda insonlar biror narsa xaqida bilishni xoxlasa qalblari orom topguncha so‘rayverishga buyurilgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar bir kishi sizga “Sen ham kelajakda xotining emas sen o‘g‘il tug‘asan” desa nima deysiz? Aniqki “Men erkak kishiman, bolani ayol kishi tug‘adi” deb javob berasiz. Erkak kishi tug‘adigan bo‘lishi aslo mumkin emas deysiz va bunga shak-shubha ham qilmaysiz. Alloh taolo ham Yaratuvchi Zot, yaratilinuvchi Zot emas. Yaratuvchi Zotning yaratuvchisi bo‘lmaydi. U bu narsalarni to‘plab biror narsa yasovchini Allohning yaratuvchi ekanligiga qiyos qilmang. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 20:51 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar