Ijarada sherikchilik

Assalomu alaykum! Tojikistonlik bir do‘stim yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uydan bir xonadon (kvartira) sotib olish uchun to‘lov kildi. U chet el fukarosi bo‘lgani uchun (menga ishongan xolda), to‘lov mening nomimdan buldi, uy xarid qilish uchun shartnoma xam men bilan quruvchi tashkilot o‘rtasida tuzilgan. Uy bitgach, mo‘ljalimizda uni remont qilib ijaraga topshirish niyatimiz bor. Uyni ijaraga topshirish, ijara pulini yig‘ib turish va uyga ko‘z-quloq bo‘lib turish mening zimmamda bo‘ladi, do‘stim esa doim xam Toshkentga kelavermaydi. Endi savol, ijara bilan bog‘liq bo‘lgan xarakatlarni amalga oshirib yurganim uchun, do‘stim bilan kelishgan xolda shu ijara pullaridan doimiy ravishda foyda olib tursam bo‘ladimi (mexnatim uchun)? Agar mumkin bo‘lsa, men do‘stimning ishchisi bo‘lib kirishim va oyma-oy maosh olib turishim orkali bo‘ladimi yoki do‘stim meni o‘ziga vakil qiladimi (ijara ishlari bilan doimiy shug‘ullanib yurishim uchun)? O‘zimning tushuncham bo‘yicha bu sheriklikda muzoraba va mushorakani qo‘llab bo‘lmasa kerak deb o‘ylayabman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz har oy oylik maosh olib turishingiz mumkin. Uning miqdori aniq bo‘lishi shart. Vallohu a’lam!

27 Avgust 2022, 12:16 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar