Kitobdagi ma’lumotlar
Assalomu alaykum! Bir maruzada, «Manba» kitobida agar er xotin yaqinlik qilganidan so‘ng erkak engil hojat qilmasa siydik tutilishi kasaliga uchraydi deyilgan, «Manba al odob» kitobida seshanba va shanba kunlari er xotin yaqinlik qilib bo‘lmaydi deyilgan hamda boshqa kunlari yaqinlik qilishning yaxshi fazilatlari kabi narsalar aytib o‘tilgan hamda «Bo‘ston in orifin» kitobida Abu Lays Samarqandiydan rivoyat qilinadi 4 narsa o‘z xizmati o‘tab bo‘lmaganiga qadar maqtanilmaydi – deyilgan. Ya’ni xotin o‘lmaguncha, ovqat xazm bo‘lmaguncha, jangchi jangda yutib kelmaguncha, ekinni yig‘ishtirib olmaguncha deb aytdi. Adashmasam bu maruza juma nomozidan oldin bo‘ladigan maruzada aytilgan, chunki maruzachi avvalgi juma maruzalarimizda… deb so‘z boshlagan. Men buni mp3 xolatida eshitdim. Avvalroq sizlarga tug‘ilajak farzandni o‘g‘il bo‘lishi haqida savol berganman va javob ham olganman. Buni ham xuddi shu ma’ruzada eshitib bergandim. Savolim shuki yukorida aytib o‘tilgan kitoblardagi ma’lumotlarga ishonsam bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu borada ishonchli rivoyat yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:11 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu borada ishonchli rivoyat yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:11 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar