Qizni surishtirib kelganlarga nima deyishim kerak?

Assalomu alaykum! Man supermarketda katta sotuvchi lavozimida ishliman. Sotuvchi qizlar ko‘p hammasini yurish turishidan havarim bor. Sovchilar keladi surishtirib qanaqa qiz deb. 90% qizlar shu erdagi ishchi bollar bilan gaplashgan, yurgan. Man ko‘piga aytganman yurmalarin, gaplashmalarin deb. Bilganini qiladi. Man kegan sovchiga nima deb aytishim kerak? Hamasini borichami yoki? Sovchilarga to‘g‘risini aytsam kegin o‘sha qizla mandan hafa bo‘p orqadan gap tarqatib o‘zimga teskari bo‘p qoladi. Shunaqa vaziyatda nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ochiq-oydin “Men bir nima deyolmayman mendan boshqasidan so‘rang” deb turavering. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 21:02 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar