Kreditni yopishga yordam

Assalomu alaykum! Mening ishxonamda ko‘pchilik bankdan mobil ilova orqali plastikka kredit olgan. Men ularga doim bu gunoxligini takidlab, bu yo‘ldan qaytarishga xarakat qilaman. Ammo ular etishmovchilik kabi turli baxonalar qiladilar. Oylik maosh tushganda esa telefondagi ilova orqali kreditni malum qismini to‘lashlari kerak. Telefondagi ilovani tushunmasliklari sabab qarzni qaytarishga qiynaladilar. Mendan o‘zlarining telefonidan, o‘zlarining kreditlarini qaytarishga yordam so‘raydilar. Men xam qarzlari kamayadi deb kreditni yopishlariga telefondagi ilovani yaxshi tushunishganim uchun, yordam beraman. Shunda men xam gunoxlariga sherik bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarzni aslini qaytarib berishga yordam berish joiz, bunda gap yo‘q. Ustama foizini tashlashda yordam berish joiz bo‘lmasa kerak. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 14:26 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar