Imom domlamizning ba’zi savollari yuzasidan
Assalamu alaykum! Masjidimiz imom xatibida ba’zi savollar paydo bo‘libdi, u kishi bu savollarni fitna maqsadida emasku, lekin bilib qo‘yish maqsadida so‘ramoqdalar. 1. Aqiyda va hadis kitoblarida “bandaning qalbida zarracha iymon bo‘lsa jahannamda azoblanganidan keyin undan chiqariladi”, deyilgan. Unday bo‘lgach Iblis alayhil la’na ham qachonlardir u erdan chiqadimi? Chunki u ham Allohning biru borligiga iymon keltirgan edi. Uning gunohi faqat Odamga sajda qilmagani bo‘lgan edi. 2. Hadislarda “jannatdagi bir yil (yoki kun) bu dunyoning besh yuz yiliga teng” deyilgan. Jannatda ham vaqt o‘tadimi? Agar vaqt o‘tsa insonlar qarib ketishadiku. Yuqoridagi savollar aslida ahli ilmda paydo bo‘ladigan savollar emas. Men domlaga unday savollar berish ahli sunnani yo‘limasligini tushuntirmoqchi bo‘ldim, lekin aytolmadim. U kishi “ulamolardan so‘rab bering, dinimizda bu kabi savollarning ham javobi bo‘lishi kerak” dedilar. Iltimos mana shu masalada imom domlaga qoniqarli dalil bo‘la oladigan ma’lumotlarni taqdim qilsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalam! “bandaning qalbida zarracha iymoni bo‘lsa jahannamda azoblanganidan keyin undan chiqariladi”, bu gunohkor bo‘lsada iymon bilan vafot topganlar haqida aytilgan. Iblis kofir bo‘lgani va kofirligicha qolishi oyat hadislar bilan bayon qilingan. Shuning uchun uning avvalda keltirgan iymoni foyda bermaydi. Alloh taoloni tanish boshqa narsa, unga iymon keltirib amrlariga bo‘ysunish boshqa narsa. Abu Tolib Alloh taoloni borligi va Rasululloh solallohu alayhi vasallamning haqligini bilgan tan olgan lekin unda iymonning sharti bo‘lgan “iltizomul inqiyod” ya’ni itoat qilishni zimmasiga olish topilmaganligi uchun kofirligicha qolgan. Shayton qiyomatgacha kufrga chaqirib kufrda qolishini Alloh taolo O‘z kalomida bayon qilgan.
26 May 2022, 16:54 | Savol-javoblar | 118 | Turli savollar