IELTS testlaridagi misollar

Assalomu alaykum! IELTS (xalqaro ingliz tilini bilish darajasi) imtihonida Speaking (suhbat)da bizga beriladigan ayrim savollarni hayotda uchratmaganmiz masalan, siz borgan san’at galleriyasini tasvirlang yoki siz bir marta kimnidir biror nima qilish uchun ruxlantirganingizni tasvirlang va hokazo. Imtihon baholash me’zonida, gapiruvchidan rost ma’lumot talab etilmaydi va shuningdek inson aqliga mos keladigan yolg‘on to‘qishlik ham mumkin emas. Eng qizig‘i biz unday holatlarda bo‘lmaganmiz deb javob berish ham mumkin emas. Mezonda "Nimani gapirishingiz emas, qanday gapirish muhim" degan qoida nazarda tutiladi. Lekin yuqoridagi holatlar biz yolg‘on gapirishligimiz mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odatda til o‘rganishda bo‘lmagan voqelikni hikoyasini yodlash bo‘ladi. Shu kabi holat bo‘lsa, joiz. “Agar men muzeyga kirsam shunday narsalardan ta’sirlanishim mumkin” deb gapirish ham mumkin. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 21:02 | Savol-javoblar | 149 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar