Ustaning haqqini bermagan mijoz
Assalomu alaykum! Bir ustaning bir mijozida xaqi qolgan edi, usta oylab o‘sha qolgan xaqini talab qilib yurdi, mijozi "beraman" deb yolg‘on va’dalar berib yurdi, xolbuki qarzni berishga qurbi etar edi. Usta o‘sha pulga muxtojligi bor edi, mijozi aldab yuraverganidan uni duoibad qilibdi. Oradan bir necha oy o‘tib ustaning otasi mijozning otasi bilan uchrashib qolib vaziyatni tushuntiribdi. Mijozning otasi pulni o‘zi berishga rozi bo‘libdi, ammo usta pulni olmasligini uni duoibad qilganini aytibdi, mijozning otasi shashatidan tushishini iltimos qilibdi va pulni oradan uch oy o‘tib birovdan berdirtirib yuboribdi. Usta u pulni nima qilishini bilmay xayron bo‘lib yuribdi. Aziz ustozlar, ushbu masalaga echim topib berishlaringizni iltimos qilamiz, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Oling, olishga haqqingiz bor, agar kechdim demagan bo‘lsangiz. Duoibad qilishga kelsak u inson bu ishga haqli bo‘lgan ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida qodir bo‘laturib qarzini bermaydigan insonni obro‘sini to‘kishni halol deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:08 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom