Mahr borasida

Assalomu alaykum! Insha Alloh yaqin orada uylanaman. Mahr masalasida onam bilan gaplashib o‘tirganimda, mahriga man tilla beraman dedila. O‘ylanib qoldim. Savolim quyidagicha: onam berayotgan tillani man sotib olib turib, mahr qilib berishim keremi yokida onamdan olib shundo bo‘lajak turmush o‘rtog‘imga bu sizi mahrizga deb bersam bo‘ldimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mahr ayol uchun mulk qilib beriladigan narsa hisoblanadi. Mahr uchun deb aytib siz tomondan berilsa bo‘ldi. Mabodo ayol taloq qilingan taqdirda ham undan qaytarib olishga haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 21:02 | Savol-javoblar | 153 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar