Hijobni hayotimdagi o‘rni
Assalomu alaykum! Bu savolimni ming hijolat bilan bermoqdaman yoshim 20ga yaqinlashdiyamki Alloh kechirsin haliyam hijob o‘rolmadim. Oyim qarshilar, yoshligimda ilmim ozligi tufayli ilimlilardan “Agar hijob farz bo‘lsa o‘rayman farz bo‘lmasa o‘ramayman” derdim. Katta bo‘lib tushundim farzligini va o‘rashga qaror qildim, oyim juda qattiq qarshilik qildilar, berkitib yopiq kiyinib yurdim. Oxiri mani o‘ldirmoqchimisan o‘ramiysan deb juda ham qattiq so‘kdilar. Fikrimdan qaytmaganimdan keyin kaltakladilar ham. Otam vafot etganlar oyimlarni bir o‘zlari hech kimdan kam qilmasdan 3 ta farzandni o‘stirib o‘qityaptilar. Shuning uchun ularni siqilishlaridan qo‘rqib boshqa hijob haqda og‘iz ochmiysan desalar ho‘p deb va’da bergandim. 3 yildan beri har kun har soat hijob o‘rashni so‘rab duo qilyabman, gunohlarim ko‘pligidanmi hech o‘ranishni ilojisi bo‘lmayabdi, lekin chidolmayabman har kun yig‘lab shu gunohlarim va o‘ranmay yurganim sababidan hech halovatim yo‘q. 1). Agar oyim “sandan kechdim oq qildim” desalar ham hijob o‘rasam bo‘ladimi yoki oyimni ko‘ngllarini og‘ritmagan holda yolg‘on gapirib “tushimda ko‘rdim, bir nuroniy inson hijob o‘rashimni takrorlayabdi har kun” desam bo‘ladimi. Chunki oyim tushdagi shunday holatlarga ishonadilar, lekin yaxshilab tushuntirmoqchi bo‘lsam eshitmidilar. Ota-onaga yaxshilik qilish haqidagi oyat hadislarni aytadilar. Men “gunoh ishda mahluqqa itoat yo‘q” degan gapni aytolmayman, chunki dinga berilib ketib hammadan o‘zini aqilli bilasan deb so‘kadilar. 2). Iymonli yigitga tegib hijob o‘rayman deb niyat qilgandim, afsus bizda hijob o‘ratadigan yigitla 200tadan 1tada uchrashi mumkin. Juda ko‘p sovchilaga rad javobi berganman, shu sababdan bitta yigit namozxon qizga uylanaman deb qarindoshlari orqali rasmimni ko‘rib toshkentdan xorazmga kelgan va meni bir baxonala qilib ko‘rgan. Buni sezganman, lekin ichimda nomaxramlar oldida kulish mumkinmas deb juda ham jiddiy turganman. U yigit rasmdagidek kulib turgan qizamas ekan deb ketib qolgan, lekin men u yigitni Alloh uchun yoqtirgandim. U namozxon yigit ekan, biz tarafda arabcha o‘rgatish kurslari bo‘lmaganligi uchun o‘sha insonga turmushga chiqib undan Qur’onni arabcha o‘qishni o‘rganib birgalikda yodliymiz deb niyat qilgandim. U yigitni qarindoshi “Sal jilmaysang bo‘lmasmidi” dedi va men “nomahramlar oldida qizbola chiroyini bilintirmaydi” desam “sal kulganingda shunday taqvodor yigit mahraming bo‘lardi” dedi. Men xato qilganmanmi? Men o‘g‘il bola ko‘rsam boricha ho‘mrayib olaman, meni chiroyli deb o‘ylamasligi uchun, lekin bu ishim u yigitni o‘zimdan uzoqlashtirishimga sabab bo‘ldi. Sal meyorida kulib yursam gunoh bo‘lmiydimi, lekin kulsam huddi boshqalarga nozlanayotganday tuyilishi mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Inson dunyoviy ilmda cho‘qqilarni zabt etsa ham diniy ilmlarni alifbosini ham bilmasa tabiyki unday insonni komil deyilmaydi. Johillik o‘rnidan jilmaydigan bir devorga o‘xshaydi. Uni birdan yiqitish qiyin, uni donalab g‘ishtini ko‘chirish bilan yiqitiladi. O‘rni kelsa ustidan suv quyiladi. Aqlli inson hadeb o‘zini boshini devorga uravermaydi. Onangiz ham gunohkor bo‘lmasin siz ham Alloh taoloning oldida gunohkor bo‘lmang. Ikkisi rozi bo‘ladigan bir nuqtani toping. Masalan eng zamonaviy fasondagi avratni berkitadigan kiyimni kiying. 2). Oltin har qanday botqoqning ichida bo‘lsa ham oltinligicha qoladi. Agar oltin bo‘lsangiz hech ikkilanmang. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 12:41 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar