Kasbga muhabbat

Assalomu alaykum! Ustozlar, inson o‘z kasbiga muhabbati qay darajada bo‘lmoqligi kerak? Bir inson aytdiki “kasbinga mehr bersang keyin baraka topasan” dedi. Shu gaplari to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadisda “Alloh ta’olo ishini puxta qiluvchini sevadi” deyilgan. Shuning uchun musulmon shaxs ishini bardavom va chiroyli qilib bajarish uchun harakat qilishi lozim. Agar halol kasb bo‘lsa, unga “Alloh taqdirimga yozib qo‘ygan rizqning bir sababchisi” deb qarash kerak va unda eng birinchi bo‘lishga urinish lozim. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:49 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar