Qizimni kuyovim bilan yashashi mumkinmi
Assalomu alaykum! Qizimni turmushga uzatgan edim. Bir o‘g‘ilchasi bor. Ikki yildan buyon qizim o‘g‘li bilan mening xonadonimda yashaydi. Sababi kuyov, dadamni bexurmat qilding deb xaydab yuborgan. Kuyov bilan sha’riy va rasmiy nikoxi bor. Qizimning aytishicha, qizim kuyovnikida yashayotgan vaqtida qaynotasi (qaynotasi beva) qizimning yashash uyiga kirib, buyumlarini titib, xattoki ich kiyimlarini olib kravatiga yoyib qo‘yar ekan. Keyingi safar kuyov operatsiya bo‘lib, kasalxonada yotganida qaynotasi qizimga bir xonada tunashni taklif qilibdi. Yana bir safar quda farzandlari va kelinlari bilan damas avtomashinasida ketayotib qizimni qo‘lini maxkam qisib qo‘ygan ekan. Qizim qaynotasining qiliqlari xaqida o‘sha zaxoti kuyovga aytgan ekan. Lekin kuyovdan tayinli javob bo‘lmabdi. Xozir kuyovim boshqaga uylangan, yangi oilasidan farzand ko‘rish arafasida. Men qizimni ajratib olgani ikkilanib turibman, sababi Yaratganni Arshini larzaga keltirishga sababchi bo‘lib qolamay deb. Yashayversin desam, qizimning nikoxiga putr etib qolmadimikan deb xavotirdaman. Qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar aytganlariz rost bo‘lsa kuyovingizga qizingiz adabiy harom bo‘lib bo‘pti. Talog‘ini olib iddasini o‘tirsin. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 21:13 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar aytganlariz rost bo‘lsa kuyovingizga qizingiz adabiy harom bo‘lib bo‘pti. Talog‘ini olib iddasini o‘tirsin. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 21:13 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush