Taksisning namozi

Assalomu alaykum! Ustozlar, bizda bir holat yuz berdi shunga aniqlik kiritmoqchimiz. Biz Jizzaxda edik, Farg‘onaga bormoqchi bo‘ldik va taksi chaqirdik taksis Sirdaryonining Gulistonida yashar ekan, lekin biz chaqirganimizda Toshkentda edi (bizni olib ketish uchun Toshkentdan to‘g‘ri Jizzaxga bordi). Bizni Farg‘onaga olib ketayotgan taksis Sirdaryo xududidan o‘tayotganida asr vaqti kirdi u kishi namozini qasr o‘qiydimi yoki  to‘liq?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Qishlog‘ining yoki shahrining ichidan o‘tsa to‘liq o‘qiydi. Mabodo o‘zi qishloqlik bo‘lib, shahardan o‘tsa qasr qilib o‘qiydi.Ba’zi kishilar qaysidir bir shaharning atroflarida joylashgan qishloqlarda yashaydilar. Odatda ulardan «Qaerliksiz?» deb so‘ralsa, o‘zlariga eng yaqin bo‘lgan shaharning nomini aytadilar. Misol uchun, Qo‘qon shahrining birorta qishlog‘ida istiqomat qiluvchi kishi «Qo‘qonlikman», deb, Marg‘ilon shahrining birorta qishlog‘ida yashovchi odam «Marg‘ilonlikman», deb, Toshkent shahrining atrofidagi qishloqlarda istiqomat qiladiganlar esa «Toshkentlikman», deb javob beradilar. Agar bunday odam biror joyga safar qilsa va safardan qaytsa, ketishda masofani o‘sha shahardan emas, balki o‘z qishlog‘idan, qaytishda ham shahargacha emas, o‘z qishlog‘igacha hisoblaydi. Agar o‘z qishl.og‘iga kirib kelmasdan avval o‘sha shaharlardan biriga etib kelib, namoz o‘qimoqchi bo‘lsa, qasr qilib o‘qiydi.Shar’iy masofani bosib o‘tmasdan turib namozlarini qasr qilgan odam o‘sha namozlarini qaytadan o‘qiydi. Bu masala ijtihodiy (ya’ni uch kecha-kunduzlik yo‘lni o‘lchash) bo‘lganligi uchun mabodo ulamolar fatvo bergan masofadan biroz kam bo‘lsa, musofirligiga va namoziga zarar etmaydi.وَلا يَضُرُّ نُقْصَانُ الْمَسَافَةِ عَنِ الْمِقْدَارِ الْمُبينِ بِشَىْءٍ قَلِيلٍ، كَمِيلٍ أَوْ مِيلَينِ«Musofirning belgilangan masofadan bir-ikki mil ozroq masofada namozlarni qasr qilib o‘qishi zarar qilmaydi» (Kitobul fiqh alal mazaahibil arba’a). Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 19:55 | Savol-javoblar | 154 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar