Bozorda ayollar kiyimini sotayotgan erkaklar

Assalomu alaykum! Halol kasb qilish hammamiz uchun farzdir. Ammo bozorlarda erkaklarning ayollar kiyimini sotib o‘tirganini ko‘ramiz. Bu bir qarashda erkak kishiga yarashmaydigan ishga o‘xshab ko‘rinadi. Shu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ushbu hadis o‘shanday erkaklarga qarata aytilgan. عَنْ أَبِي مَسْعُودٍرَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنَّ مِمَّا أَدْرَكَ النَّاسُ مِنْ كَلَامِ النُّبُوَّةِ إِذَا لَمْ تَسْتَحِي فَاصْنَعْ مَا شِئْتَ Abu Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, odamlarga etib kelgan nubuvvat so‘zlaridan biri: «Agar hayo qilmasang, xohlaganingni qilaver», degan gapdir», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam! Quyidagi linkni ham o‘qing. https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=30028.0

29 Aprel 2022, 21:12 | Savol-javoblar | 167 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar