Ko‘ylak uzunligi

Assalomu alaykum! Men xozir xijobdaman, lekin shu paytgacha tizzamdan keladigan keng ko‘ylaklar va keng lozimlar kiyaman, ergacha yani boldirimgacha ko‘ylak kiymaganman. Bir domladan so‘raganimdan “xijobiz o‘tmagan, ergacha uzun ko‘ylak kiyishiz kerak” dedilar. Shu vaqtgacha xijobim o‘tmadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunchaligiga ham shukur. Avrat berkilgan bo‘lsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 22:19 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar