Men rostan gunohkormanmi?

Assalomu alaykum! 1. Menga qiz sotiladi, sotilgandan keyin eri ursa ham mayib qilsa ham qizning ota-onasini haqqi yo‘q aralashishga, bu Qur’onda yozilgan deyishdi. Rostmi shu? 2). Menga nisbatan sen gunohkorsan, oilani buzyapsan, bolangni etim qilyapsan deyishyapti. Nahotki onamga hech bir asossiz qo‘l ko‘targan meni na kasal paytim na bir kiyimga ehtiyoj sezsam qaramay otamnikiga har kasal vaqtim tashlab ketadigan va menga 3 taloq yozgan odam bilan ajrashsam men gunohkormanmi? Uch taloq aytgan bo‘lsada qaytib oldim Astag‘firullah desa qayta yashayveradi deb dinda aytilgan deyishdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu gaplar dinga va Qur’onga g‘irt tuhmat. 2). Uch taloq yozgan bo‘lsa uch taloq tushgan. Bu qaytib olish bilan qaytadigan gap emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:29 | Savol-javoblar | 143 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar