Qiyos haqida

Assalomu alaykum! Qiyos haqida o‘qiganimizda bir savol paydo bo‘ldi. Qiyos qilingan masalaga misollarda hukm harom bo‘ldi. Illat deb esa asl va far’ni jamlovchi illat deb aytilgan ekan. Qiyos qilinganda hukm halol bo‘lishi ham mumkinmi? Illat so‘ziga to‘liqroq izoh bersangiz, tushunishimiz biroz qiyin bo‘lyapti (agar hukm halol bo‘lishi mumkin bo‘lsa, unda uning illati qanday bo‘ladi).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masalan Zaydni sherga qiyos qilinadi. Qiyos qilinishda shijoatini qiyos qilinadi. O‘sha shijoatni illat deyiladi. Masalan uzumdan qilingan vino harom. Uni illati mast qilishligi, qaysi ichimlikda mast qilish bo‘lsa uni ham vinoga qiyos qilinadi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 22:19 | Savol-javoblar | 162 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar