Baroat kechasi

Assalomu aleykum hurmatli zikr ahli. menga baroat kechasi haqida to‘liq ma’lumot bersangiz. Va necha rakat namoz qanday o‘qilishini aytib o‘tsangiz.


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:

- Bu kecha haqida kelgan hadislarning barchasi zaif bo‘lgani uchun ulmolar uning haqida ixtilof qilganlar. Ba’zilari bu haqidagi gapni keragi yo‘q deganlar. Faziylatli ishlar uchun zaif hadisga amal qilsa bo‘ladi deganlar qabul qilganlar. Boshqalar esa, o‘rtacha yo‘l tutganlar. Mazkur kecha Sha’bon oyining kechalaridan biri bo‘lgani uchun faziylatli. Chunki o‘sha oyning fazli haqida sahih hadislar kelgan. Mazkur kechada yuz rak’at namoz o‘qish haqidagi rivoyatlarni ko‘pchilik ulamolar qabul qilmaganlar.



21 Aprel 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar