Nosahih hadislar

Assalomu alaykum! Ustozlar, bilamizki, hadis ilmi dinimizda muhim o‘ringa ega. Lekin, hadislarning o‘zlari ham sahih va nosahih hadislarga bo‘linadi. Shuning uchun nosahih hadislar haqida ma’lumot bersangizlar. Biz qaysi hadislarga ergashish, qaysilariga ergashmaslikni bilib olgan bo‘lar edik. Oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu haqida ulamolar yuzlab “mavzuot” nosahih hadislar to‘plamini ta’lif qilgan. O‘shalardan biri Mulla Aliy Qoriy rahmatullohi alayhning “Al masnu’ fii ma’rifatil hadisi al-mavzu’”laridir. Bu kitob arab tilida bo‘lib, o‘zbek tiliga tarjima qilmaganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:24 | Savol-javoblar | 217 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar