Namozni qayta o‘qiymanmi

Assalomu alaykum! Ilmsizligim tufayli berayotgan savolim noo‘rin bo‘lsa uzur so‘rayman. Allohning marhamati bilan yaqinda namoz o‘qishni boshladim. Savolim shuki peshin namoziga tahorat olib ketayotgan patimda bavl kelmadimikan deb qarasam kiyimga bilinar bilinmas suyuqlik tekkanini ko‘rdim bu mustahabniki bo‘lsa kerak deb jamotdan qolib ketmay deb namozga borib namoz o‘qidim negaki vaqt oz qolgandi shunda namozni qayta o‘qishim kerakmi o‘qisam qanday niyat qilaman. 2) inson qalbida bosqa gapni o‘ylab tilida boshqa narsani aytib yuborsa masalan yomon narsani xarom qilgin deyishni o‘rniga yaxshi narsani xarom qil deb yuborsa lekin orqasidan istig‘for aytib kechirim so‘raca zarari bo‘lmaydimi? Buni hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muborak bo‘lsin, namoz ustida vafot topishni nasib qilsin. Endi u xo‘l narsa nimaligini o‘zingiz aniqlaysizda. Dilidagisi e’tiborga olinadi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 22:41 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar