Ikkinchi ayol haqqi

Mening hojam menga bildirmay ikkinchi hotinga uylanib olgan ekanlar.Özlari juda ham taqvodor kishi bölib, hech qachon yolgon gapirmas, va yolgon gapirgan kishini yomon körar edilar.Nima böldiki;"Isga ketyapman" deb, (menga yolgon gapirib) ikkinchi ayollarini yoniga ketadigan bolib qoldilar.Qaynona-qaynotan qariliklari sabablimi, bolalarimning yoshligi sabablimi yoki ozimning kuchim etmagani sabablimi bazibir ROZGOR ISHLARIGA ULGIRA OLMAYMAN va shuni sabab qilib qaynonam erimga shikoyat qiladilar.Yuzlariga aytib, meni aldamang va osha ikkinchi ayolingiz bilan meni ham teng koring desam, ROZGOR ISHLARIGA ULGUMAGANIMNI va shu sababli ikkinchi ayolga uylanganlarini aytadilar.Iltimos Shayh Hazratlari;bu holatda, erimni menda va meni erimda qanday haqlarimiz borligini va hamda men erimga nisbatan shariat boyicha nima deb togri tushuntirishim kerakligini aytsangiz iltimos.Javobingiz uchun katta Rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Eringiz sizga nisbatan adolatli bo‘lishi kerak. Sizning har bir ayolga berilgan haqingiz bor. Ro‘zg‘orga ulgirmaganingiz uchun haqingiz kamayib qolmaydi.Ulamolarimiz xotinning erdagi haqlari to‘g‘risida kelgan barcha hujjat va dalillarni o‘rganib chiqib, quyidagi xulosaga kelganlarXotinning erdagi haqlari ikki qismga bo‘linadi1. Moliyaviy huquqlar2. Muomalaviy huquqlar.Moliyaviy huquqlar mahr va nafaqadan iborat. Bu ikki haq alohida bahs, o‘rganish zarur bo‘lgan narsalardir. Mahr to‘g‘risida avval kerakli ma’lumotlar berildi. Nafaqa to‘g‘risida esa, inshoalloh, kezi kelganda so‘z yuritamiz.Muomalaviy huquqlar esa, erning xotin bilan yaxshi yashashi, unga go‘zal muomala qilishi va adolatli bo‘lishidan iboratdir. Bunga ayolni jinsiy ma’noda qondirish, shariatga xilof ravishda yaqinlik qilmaslik kabi masalalar ham kiradi.Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, xotinning erdagi haqlari quyidagilardan iborat;1. Mahr.2. Nafaqa.3. Jinsiy qondirish.4. Ortiga mutlaqo, farjiga esa, hayz va nifos holida yaqinlik qilmaslik.5. Maniyni xotinning iznisiz rahmidan tashqariga to‘kmaslik.6. Yaxshilik ila turmush o‘tkazish.Shu bilan birga, eru xotinning orasida mushtarak huquqlar ham bor. Misol uchun, eru xotin bir-biridan meros olish haqiga ega bo‘ladilar, farzandlarga ham nisob sobit bo‘ladi. Yuqorida zikr etilgan haqlarning ko‘pi ham mushtarak haqlarga kiradi. Misol uchun, jinsiy huzur olish haqi. Er xotindan, xotin erdan jinsiy huzur olish haqiga ega. Shu bilan birga, yaxshi muomala qilish, ozor bermaslik. Er xotiniga, xotin eriga yaxshi muomala qilishi, ozor bermasligi kerak. Uy ishlariga kelganda esa, tashqi ishlar erga, ichki ishlar xotinga tegishli bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Ali karramallohu vaj-hahu bilan Fotima roziyallohu anholar orasida ishni shundoq taqsimlaganlar.

30 Aprel 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar