"Uyinga ket" deyish

Assalomu alaykum! Ayolim bilan ozgina tortishib uyinga ket deb qo‘ydim. Buni ajrashish ma’noda emas, uch to‘rt kun uyida turib kelsin ma’nosida aytgandim. Shunda nikoh buzilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Niyatingizni rost yoki noto‘g‘riligi siz bilan Alloh taolo o‘rtasidagi ish hisoblanadi. Haqiqatan shu niyat bilan aytgan bo‘lsangiz taloq tushmaydi. Mabodo aksi bo‘lsa hukmi boshqa. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:54 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar