Pul chaqirishni psixologik usullari
Assalomu alaykum! Bir yaqin tanishim miyadagi pul ishlashga qarshilik qiladigan bloklarni olib tashlash psixologik treninga yozilgan. Psixalogik kursdagi odamlar kungabokar, romashka va paporotnik degan so‘zlarni 10-100 mingtalab aytib, g‘oyibdan pul yoki xar xil uylagan narsalarni kutishmokda. Shu qilayotgan amallari dinimizga zid emasi? Rizq berguvchi Alloh bo‘lsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odam bu darajada aqlidan mahrum qolmasligi kerak. Biz psixologiya fani bilan yaxshi tanishib chiqdik. Har bir o‘lkaning psixologiya ta’limoti o‘z diniga bog‘langan shaklda o‘rgatilar ekan. Masalan xitoyliklar buddaviy diniga bog‘lab, hindistonliklar krishna va shu kabi butlarga bog‘lab, evropa nasroniylik diniga bog‘lab, Amerika va Kanada kabi mamlakatlar Tavrot va Zaburga bog‘lab o‘rgatishar ekan. Bularning barchasida foyda borligi bilan birgalikda ming afsuski shirkka chaqiruvchi falsafa ham bor ekan. Alhamdulillah yoshligidan dinni mahkam ushlab, keyin falsafa fanini o‘qiganlar ham bor ekan. Ular qaysi o‘rinda iymon e’tiqodga zid holatlar borligini ajratisha olishar ekanlar. Shunday insonlar trening darslariga qatnashsa mayli. Chunki hikmat mo‘minning yo‘qotgan narsasi, qaerda bo‘lsa ham olishga eng haqli inson hisoblanadi. Qolaversa chuqur e’tibor qaratsak ular bu falsafani Qur’on va hadisdan olganliklari namoyon bo‘lmoqda. Ular buni izhor qilmaslik maqsadida ularga turlicha atamalar va chalg‘itish uchun ko‘plab falsafalarni tiqishtirishar ekan. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 22:41 | Savol-javoblar | 155 | Ruhiy tarbiya