Otam birovga bergan qarz
Assalomu alaykum! Otam hayotlik chog‘larida birovga bergan qarzlarini otamning vafotlaridan keyin men o‘g‘li sifatida - qarzdor odamdan otamdan olgan qarzini qaytarib berishligini talab qilishim mumkinmi? Qarzdor otamdan qarz olayotgan vaqtda bir oyda qaytarishligi, olgan qarzi miqdori haqida tilxat yozib bergan. Bunga salkam ikki yil bo‘ldi, lekin qarzni qaytarish niyati yo‘qqa o‘hshaydi. Sababi uch to‘rt marotaba qarzini qaytarishi kerakligini unga iltimos qildim. Lekin munosib javob bo‘lmadi. Shu qarzni men huquqiy jihatdat qaytarib olish choralarini ko‘rib qaytarib olsam bu pul bizga halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta halol bo‘ladi. Lekin u pul faqat sizga tegishli emas, balki otangizdan merosxo‘r nechta inson bo‘lsa barchasining haqqi hisoblanadi. Merosdagi hissalarini aniqlab ularga ham o‘z haqqlarini berishingiz shart. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 06:35 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat