Payg‘ambarlar alayhissalomlar soni aniqmi?
Assalomu alaykum hurmatli ustoz! Payg‘ambarimiz alayhissalom bir hadislarida Alloh subhanahu va taolo basharga 140.000 Payg‘ambar yuborgani aytilgan. Agar xato qilmayotgan bo‘lsam, bundan boshqa son aytilgan hadis ham bor. Ammo, Alloh o‘z kitobi Qur’onda, Niso surasida «Va bir Payg‘ambarlar haqida senga oldin qissa aytib berdik va bir Payg‘ambarlar haqida qissa aytmadik», – degan. Shuningdek G‘ofir surasida «Batahqiq, biz sendan oldin Payg‘ambarlar yubordik. Ulardan senga qissa qilib berganimiz bor va ulardan senga qissa qilib bermaganimiz bor», – degan. Bu oyatlardan Payg‘ambar alayhissalomlarning adadi Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ma’lum emasligi kelib chiqadi. Ammo yuqoridagi hadislarga qandoq qarash kerak. Bu uydirma hadislarmi, chunki ular Qur’onga zid kelmoqda? Ustoz Odam va Shish alayhissalom rasul bo‘lganmilar yoki faqatgina nabiy bo‘lganmilar?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qur’oni Karimda nomlari zikr qilinmagan Payg‘ambarlar haqidagi eng ishonchli ma’lumot Ibn Murdavayhi Abu Zarr al-G‘iforiy roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda kelgan, u kishi aytadilarki: «Ey, Allohning Rasuli, Payg‘ambarlar qancha?» deb so‘radim. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Bir yuz yigirma to‘rt mingta», dedilar. «Ey, Allohning Rasuli, ulardan qanchasi Rasullar?» dedim. «Uch yuz o‘n uchtasi, ko‘pchilik» dedilar. -Ammo yaxshisi oyatning ma’nosidagi ma’lumot.
21 Aprel 2022, 07:34 | Savol-javoblar | 207 | Aqiyda