Taklif qilingan joyga bormaslik

Assalomu alaykum! Dinmizda taklif qilingan joyga borish va aksincha taklif qilinmagan joyga borishlikdan qaytarilgan. Savolim: shu kunlarda pandemiya sababli ba’zi yaqinlarimiz, do‘stlarimiz, tug‘ilgan kun, choyxona, to‘y marosimlari va shunga o‘xshash chaqiruvlariga va takliflariga rad javobini berishga majbur bo‘lib qolyapmiz yoki xar-xil baxona qilishga to‘g‘ri kelyapti. Shu xolatda chaqiruvga bormasak do‘stlarimiz bizlardan xafa bo‘lgan xolatlari xam uchramoqda. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ehtiyot bo‘lib turgan yaxshi. To‘g‘ri tushunmasa o‘zlaridan. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 22:52 | Savol-javoblar | 194 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar